Mashhur juftlik Makoley Kalkin va Brenda Song Los-Anjeles hududida yangi mulk sotib olishdi. TMZ ma’lumotlariga ko‘ra, ular obyektni 10,3 million dollarga sotib olishgan.

Rezidensiyaning maydoni taxminan 950 kvadrat metr bo‘lib, uyda 6 yotoqxona, 9 hammom, sport zali, ish xonasi va shaxsiy kinozal mavjud. Villaning eng diqqatga sazovor jihatlaridan biri — bolalar o‘yinlari va ko‘ngilochar faoliyatlar uchun maxsus joy bor. Atrofdagi hudud 0,6 gektar maydonni egallaydi va unda dengiz suvli basseyn, spa zonasi, sport maydonchasi va barbekyu hududi mavjud.
Makoley Kalkin va Brenda Song odatda o‘z munosabatlarini keng jamoatchilikka oshkor qilmaydilar. Istisno sifatida 2023-yilda Gollivuddagi Shuhrat xiyobonida Makoley Brenda’ga sevgisi va qo‘llab-quvvatlashi uchun ommaviy minnatdorlik bildirgan.
Kalkin butun dunyoga mashhur bo‘lishiga sabab bo‘lgan filmlari: “Home Alone” (“Uyda yolg‘iz”), “My Girl” (“Mening qizim”) va “Richie Rich” (“Boy Richi”) hisoblanadi. Biroq erta mashhurlikning salbiy tomoni ham bo‘lgan: doimiy suratga olish ishlari tufayli u deyarli beg‘ubor bolalikni yashay olmadi va erta katta bo‘lishga majbur bo‘ldi. Shu sababli, aktyor 14 yoshida suratga tushishni to‘xtatib, kameralar tashqarisida o‘z hayotini yo‘lga qo‘yishga qaror qilgan.

