Madonna va Elton Jonning 11 yillik adovati yakunlandi

Share post:

Madonnaning iste’dodini tanqid qilib, uni sahnada fonogrammadan foydalanishda ayblagan Elton Jon bilan o‘rtasidagi 11 yillik adovat yakunlandi.

Madonna va Elton Jon o‘tmishni unutishga qaror qildi. Mashhur san’atkorlar “Saturday Night Live” dasturining sahna orqasida birga suratga tushib, yillarcha davom etgan adovatni batamom to‘xtatdi. Madonna “Nihoyat urushni yakunladik” degan xabar bilan 11 yillik adovat yakunlanganini ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qildi.

“Bu hafta oxiri Elton Jonning SNL’dagi chiqishini tomosha qilishga bordim. O‘rta maktabda o‘qib yurgan paytlarimda bir kuni uyimizdan yashirincha chiqib, Detroytda uning jonli konsertini ko‘rishga borganimni eslayman. Bu — musiqa san’ati qanday qilib insonni o‘zgartirishi mumkinligini anglashimga yordam bergan unutilmas chiqish edi,” — dedi Madonna.

“O‘rta maktab yillarimda sahnada uni tomosha qilish hayotim yo‘nalishini o‘zgartirgan edi. Yillar davomida qoyil qolib kelgan bir san’atkordan tanqidlar qabul qilish men uchun juda og‘riqli bo‘lgan. Keyinroq Elton Jonning SNL’ga mehmon bo‘lib kelishini eshitdim va uning oldiga borib, yuzma-yuz gaplashishga qaror qildim. Meni ko‘rishi bilan og‘zidan chiqqan birinchi so‘z: ‘Meni kechir,’ bo‘ldi,” — deb so‘zini davom ettirdi Madonna.

Madonna shuningdek, quyidagilarni yozdi: “Shu tariqa oramizdagi devor qulab tushdi. Biz bir-birimizni quchoqladik. So‘ngra u men uchun bir qo‘shiq yozganini va birga ishlashni xohlashini aytdi.”

Elton Jon ham yarashuv haqidagi postiga izoh qoldirdi. Britaniyalik musiqachi shunday yozdi: “Madonna, SNL’da meni ko‘rishga kelganing uchun rahmat. Meni va katta gapirgan gaplarimni kechirganing uchun ham rahmat. Aytgan gaplarimdan faxrlanmayman. Ayniqsa, san’atkor sifatida qilgan barcha innovatsion ishlaringni va ayol san’atkorlar avlodining muvaffaqiyatga erishishi, o‘zlariga sodiq bo‘lishi uchun yo‘l ochganingni o‘ylagan paytim bu meni yanada ko‘proq o‘ylantiradi…”

 Elton Jon, shuningdek, o‘zining ijtimoiy tarmoq sahifasida Madonna bilan tushgan suratini joylab, unga “Shifo topgan lahza” degan izoh qoldirdi.

 66 yoshli Madonna va 78 yoshli Elton Jon birinchi marta 1995-yilda “BRIT” mukofotlari marosimida sahna orqasida birga ko‘rinish bergan edi. Ular o‘rtasidagi adovat esa 2000-yillardan beri davom etgan.

Elton Jon 2004-yilda Madonna’ning sahna chiqishlarini tanqid qilib: “Qachondan boshlab og‘iz qimirlatish jonli musiqa bo‘ldi?” — deya keskin chiqish qilgan, uning “Die Another Day” qo‘shig‘ini ham qattiq tanqid ostiga olgan edi. Madonna’ning matbuot kotibi esa sahnada fonogrammadan foydalanilgani haqidagi da’volar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ta’kidlab, Elton Jonning so‘zlarini rad qilgan edi.



Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Markaziy Osiyo madaniyat vazirlarining ilk uchrashuvida “Markaziy Osiyo madaniy brendi”ni yaratish muhokama etildi

Joriy yilning 13-noyabr kuni poytaxt Toshkentning Islom sivilizatsiyasi markazida boshlangan “Markaziy Osiyo: umumiy ma’naviy-ma’rifiy meros – umumiy kelajak”...

Adel ilk bor kino olamida: u Tom Fordning yangi filmida suratga tushadi

Mashhur rejissyor Tom Ford deyarli 10 yillik tanaffusdan so‘ng yangi filmi — “Cry to Heaven” ustida ishlashni boshlab,...

Emma Stoun dunyoning eng go‘zal ayoli deb topildi

Londonlik plastik jarroh Julian De Silva tomonidan oltin kesim tamoyiliga muvofiq tuzilgan dunyodagi eng go‘zal ayollar reytingida Gollivud...

Aktyor Ahmet Yilmaz nima uchun oʻz jinsini oʻzgartirgan?

O‘zbekistonliklarga Chuqur serialidagi Timsoh roli bilan tanilgan aktyor Ahmet Melih Yilmaz, o‘z jinsini o‘zgartirgani va nega bu qarorga...