Sidni Suini va sobiq sevgilisi “to‘yini bekor qilganidan beri birinchi marta ko‘rinish berdi”

Share post:

Sidni Suini to‘ylarini bekor qilganidan beri birinchi marta sobiq sevgilisi Jonatan Davino bilan ko‘rinish berdi ammo, uning yuzidan kayfiyati yo‘qligi sezilib turardi.

“Anyone But You” yulduzi, 27 yoshli Sidni o‘tgan oyda rom-kom filmidagi hamkasbi Glen Pauell bilan munosabatlari haqida mish-mishlarni tarqalgani shanba kuni esa  Davino (41 yosh) va ularning iti Tank bilan birga sayr qilishayotganda tabassum qilishni uddalay olmadi.

Go‘zal aktrisa jinsilar kiyib, ko‘zoynak taqib olgan va sobiq restorator Davino esa ko‘k rangli sport kostyumda edi, ular oddiy bir tushlikda vaqt o‘tkazishdi.

Bir nuqtada, Davino Sidnining orqasiga qo‘lini qo‘yib, emotsional suhbatda unga tasalli berayotgani ko‘rindi.

Sidni,uzuk taqmasdan, chap qo‘lini yopgan holda ko‘rinish bergan edi.

O‘tgan hafta Euphoria’ seriali yulduzi va film ishlab chiqaruvchisi to‘ylarini bekor qilgani, ularning munosabatlarida “katta muammolar” yuzaga kelganligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Sidni va Jonatan 2018-yilda uchrashishni boshlashgan va 2022-yilda unashtirilgan edi, ammo ular o‘z munosabatlarini deyarli sir saqlab kelishgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Eydan Gillen va Indira Varma “Yosh Sherlok”da rol o‘ynaydi

Gay Richi suratga olayotgan “Young Sherlock” (“Yosh Sherlok”) serialining ikkinchi mavsumida yangi aktyorlar ishtirok etadi. Bu haqda Deadline...

Maykl B. Jordan yangi “Tomas Kraun hiylasi” filmida bosh rolni ijro etdi

Amazon MGM studiyasi “Tomas Kraun hiylasi” (The Thomas Crown Affair) filmining remeyki uchun ilk treylerni taqdim etdi. Filmda...

BTS nega “Gremmi”da ishtirok etmaydi?

Janubiy Koreyaning mashhur BTS guruhi bu yil “Gremmi” mukofotiga nomzodini qo‘ymasligini ma’lum qildi. Bunga mukofot tashkilotchilarining koreys, yapon...

Ariana Grande nega xakerlarni sudga berdi?

Amerikalik xonanda Ariana Grande shaxsiy ma’lumotlari va hali e’lon qilinmagan ijodiy materiallarini o‘g‘irlagan xakerlarga qarshi sudga murojaat qildi....