“Disney” 115 million dollarlik zarar ko‘rishga tayyorlanar ekan, Reychel Zegler jamoatchilar oldida ko‘rinish berdi

Share post:

Reychel Zegler bu hafta Nyu-York shahrida suratga tushishda tushkun kayfiyatda  ko‘rindi. Bu holat uning so‘nggi filmi “Qor malikasi” (Snow White) kassa ko‘rsatkichlarida muvaffaqiyatsizlikka uchraganidan keyin yuz berdi.

23 yoshli aktrisaning kuchli siyosiy qarashlari filmning yomon natija ko‘rsatishiga sabab bo‘lgan deb hisoblanmoqda. U “Lenny” ismli “goldendoodle” zotli iti bilan yurayotgan paytida ko‘rilish berdi.

“Woke” deb atalgan filmda bosh rolni o‘ynagan Reychel Zegler ko‘k futbolka ustiga katta jinsi kurtka, kulrang sport shimi va Adidas krossovkalari kiygan edi. Filmning muvaffaqiyatsiz chiqishi uning kayfiyatiga salbiy ta’sir qilgani sezildi.

“Disney” kompaniyasi “Qor Malikasi” remeykidan 115 million dollarlik zarar ko‘rishga tayyorlanmoqda. Film internetda «review bombing» (ya’ni ataylab yomon baholash) kampaniyasiga uchragan va Reychel Zegler hamda uning partnyori Gal Gadotning siyosiy qarashlari farqliligi sababli muxlislar tomonidan boykot tahdidlari yuzaga kelgan.

Filmni ishlab chiqarishiga taxminan 270 million dollar sarflangan, bu summa marketing va tarqatishni hisobga olmagan holda shunday. Shunga qaramay, film hali ham xarajatlarni qoplay olmadi.

Natijalar shunchalik yomon bo‘ldiki, “Disney” 2010-yilda suratga olingan “Rapunzel” hikoyasining jonli ijrodagi remeykini to‘xtatib qo‘ydi va hozirgi strategiyasini qayta ko‘rib chiqishga qaror qildi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Eydan Gillen va Indira Varma “Yosh Sherlok”da rol o‘ynaydi

Gay Richi suratga olayotgan “Young Sherlock” (“Yosh Sherlok”) serialining ikkinchi mavsumida yangi aktyorlar ishtirok etadi. Bu haqda Deadline...

Maykl B. Jordan yangi “Tomas Kraun hiylasi” filmida bosh rolni ijro etdi

Amazon MGM studiyasi “Tomas Kraun hiylasi” (The Thomas Crown Affair) filmining remeyki uchun ilk treylerni taqdim etdi. Filmda...

BTS nega “Gremmi”da ishtirok etmaydi?

Janubiy Koreyaning mashhur BTS guruhi bu yil “Gremmi” mukofotiga nomzodini qo‘ymasligini ma’lum qildi. Bunga mukofot tashkilotchilarining koreys, yapon...

Ariana Grande nega xakerlarni sudga berdi?

Amerikalik xonanda Ariana Grande shaxsiy ma’lumotlari va hali e’lon qilinmagan ijodiy materiallarini o‘g‘irlagan xakerlarga qarshi sudga murojaat qildi....