Netflix Warner Bros. Discovery’ni sotib olishdan voz kechdi

Share post:

Dekabr boshida onlayn-kinoteatr Netflix Warner Bros. Discovery kompaniyasini 82,7 mlrd dollarga sotib olishini e’lon qilgandi. Bu kelishuv kino sanoati tarixidagi eng yirik bitimlardan biriga aylanishi va butun industriya uchun sezilarli ta’sir ko‘rsatishi kutilayotgandi.

Biroq oradan bir yarim oy o‘tib, bitim bekor qilindi. Vaziyatga Gollivudning yana bir yirik studiyasi — Paramount Pictures aralashdi. Devid Ellison kompaniyasi WB uchun yanada jozibador taklif — har bir aksiya uchun 31 dollar taklif qildi. Netflix rahbariyati auksionda qatnashmaslikka va o‘z taklifini qaytarib olishga qaror qildi, chunki yangi shartlar kompaniya uchun moliyaviy jihatdan maqsadga muvofiq emas edi.

Netflix bayonotida aytilishicha, dastlabki kelishuv aksiyadorlar uchun qiymat yaratishi va regulyatorlar tomonidan ma’qullanishi uchun aniq yo‘lga ega edi. Biroq Paramount taklifiga tenglashadigan narxda bitim endi moliyaviy jihatdan foydali emas deb topilgan. Shu bois kompaniya shunga o‘xshash summani taklif qilishdan voz kechgan.

Endilikda Warner Bros.’ning eng yirik aktivlari aynan Paramount Pictures qo‘liga o‘tishi mumkin. Ammo bu faqat kompaniya o‘z taklifini qaytarib olmasa va bitim AQSh Federal Savdo Komissiyasi tomonidan rad etilmasa amalga oshadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Bred Pittning yana bir farzandi uning familyasidan voz kechdi

Gollivudda Bred Pitt farzandlari bilan o‘rtasidagi mojaro haqida gap-so‘zlar tarqalganiga ancha bo‘lgan. Endi ma’lum bo‘lishicha, o‘g‘li Meddoks ham...

Jim Kerri Fransiyada faxriy “Sezar” mukofotini qo‘lga kiritdi

Afsonaviy aktyor va komik Jim Kerri kinematografiya sohasidagi ko‘p yillik ijodiy faoliyati hamda karyeradagi yuksak yutuqlari uchun Fransiyaning...

O‘zbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO ro‘yxatiga kiritildi

2026-yil 9-13-fevral kunlari O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan “Islom olami madaniy merosi bo‘yicha qo‘mitaning 13-sessiyasi”ning yakuniy xulosalari ma’lum qilindi. Unga...

Pak Chxan Uk 2026-yilgi “Kann” kinofestivali hakamlar hay’ati raisi etib tayinlandi

Janubiy koreyalik mashhur rejissyor Pak Chxan Uk 2026-yilda bo‘lib o‘tadigan Kann kinofestivalining hakamlar hay’ati raisi etib tayinlandi. Bu...