Bred Pittning yana bir farzandi uning familyasidan voz kechdi

Share post:

Gollivudda Bred Pitt farzandlari bilan o‘rtasidagi mojaro haqida gap-so‘zlar tarqalganiga ancha bo‘lgan. Endi ma’lum bo‘lishicha, o‘g‘li Meddoks ham butunlay Pitt familiyasidan voz kechgan.

Onasining yangi “Kutyur” filmi titrlarida Meddoks rejissyor assistenti sifatida Meddoks Joli nomi bilan ko‘rsatilgan. Avvalroq u Anjelinaning “Mariya” filmida Joli-Pitt familiyasi bilan qayd etilgan edi.

Bu qarorning sababi 2016-yilda sodir bo‘lgan voqea bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. O‘shanda Pitt va Joli o‘rtasida samolyot bortida jiddiy mojaro yuz bergan. Unga Meddoks aralashishga harakat qilgan, biroq Pitt o‘g‘liga nisbatan tajovuzkor harakat qilgani aytilgan.

Meddoks bunday qarorga kelgan birinchi farzand emas — 2023-yilda Zahara ham otasining familiyasidan voz kechgan. Oradan bir yil o‘tib, Vivyen Brodveydagi “Outsiders” myuzikli dasturida faqat Joli familiyasi bilan paydo bo‘lgan, so‘ng Shaylo ham familiyasini o‘zgartirish uchun hujjat topshirgan.

Bred Pitt ham, Anjelina Joli ham vaziyatga izoh bermagan. Avvalroq OAV Pitt farzandlari bilan masofa paydo bo‘lgani sababli ranjiyotgani haqida yozgan edi.

Eslatib o‘tamiz, yulduzlarning ajrimi Gollivuddagi eng shov-shuvli voqealardan biri bo‘lgan. 2016-yilda Joli ajrashish uchun ariza berib, bolalar ustidan yakka vasiylik talab qilgan. Vasiylik masalasi 2021-yilda hal bo‘lgan (u Angelina foydasiga hal qilingan). Mol-mulkni bo‘lish masalasi esa hanuz davom etmoqda — ular vino zavodini bo‘lisha olmayapti.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Netflix Warner Bros. Discovery’ni sotib olishdan voz kechdi

Dekabr boshida onlayn-kinoteatr Netflix Warner Bros. Discovery kompaniyasini 82,7 mlrd dollarga sotib olishini e’lon qilgandi. Bu kelishuv kino...

Jim Kerri Fransiyada faxriy “Sezar” mukofotini qo‘lga kiritdi

Afsonaviy aktyor va komik Jim Kerri kinematografiya sohasidagi ko‘p yillik ijodiy faoliyati hamda karyeradagi yuksak yutuqlari uchun Fransiyaning...

O‘zbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO ro‘yxatiga kiritildi

2026-yil 9-13-fevral kunlari O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan “Islom olami madaniy merosi bo‘yicha qo‘mitaning 13-sessiyasi”ning yakuniy xulosalari ma’lum qilindi. Unga...

Pak Chxan Uk 2026-yilgi “Kann” kinofestivali hakamlar hay’ati raisi etib tayinlandi

Janubiy koreyalik mashhur rejissyor Pak Chxan Uk 2026-yilda bo‘lib o‘tadigan Kann kinofestivalining hakamlar hay’ati raisi etib tayinlandi. Bu...