Deniyel Redkliff yangi Garri Potterni u bilan solishtirmaslikni so‘radi

Share post:

“Dominik mendan ham yaxshiroq uddalaydi”

Aktyor jurnalistlar va muxlislarni HBO serialidagi yangi Garri Potter rolini ijro etuvchi yosh aktyorga bosim o‘tkazmaslikka chaqirdi.

Deniyel Redkliff matbuot va muxlislarga kutilmagan murojaat bilan chiqib, Garri Potter rolini ijro etadigan yangi aktyorni tinch qo‘yishni so‘radi. ScreenRant’ga bergan intervyusida u 13 yoshli Dominik Maklaflin bu vazifani asl ijrochidan ham yaxshiroq bajarishiga ishonch bildirdi.

“Men Dominik mendan ham yaxshiroq uddalay olishiga ishonaman. Men esa jarayon davomida o‘rganib bordim. Hozir o‘sha ishlarga ancha iliq qarayman va yoshim ulg‘aygani uchun unchalik uyalmayman. Ammo “Garri Potter” suratga olinayotgan paytda men uzoq vaqt qanday o‘ynashni o‘rganishga majbur bo‘lganman”, — dedi Redkliff.

36 yoshli aktyorning asosiy iltimosi — doimiy taqqoslash va savollarni to‘xtatish.

“Bu bolalar rollarga tasdiqlanganda internetda shov-shuv ko‘tarildi: ‘Biz bu bolalarga g‘amxo‘rlik qilishimiz kerak!’. Agar rostdan ham shunday deb hisoblasangiz, unda bizdan — mendan, Emma Uotson va Ruper Grintdan — tinimsiz so‘ramang. Men ularning hayotida g‘alati bir arvoh bo‘lib qolishni istamayman. Ular o‘zlari yo‘l topsin — bu yangi va boshqacha loyiha bo‘ladi”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Redkliffning aytishicha, u o‘zini ekranda ko‘rishni yoqtirmaydi, shu sababli “Garri Potter” filmlarini atigi bir-ikki marta ko‘rgan. Biroq u yangi ekranlashtirishni o‘g‘liga ko‘rsatishni intiqlik bilan kutmoqda.

“Ehtimol, o‘g‘limga shuni ko‘rsatarman, shunda u meni tomosha qilishiga to‘g‘ri kelmaydi, — deya hazillashdi aktyor. — Menimcha, bu qiziqroq bo‘ladi. O‘zimga ham shunday ma’qulroq.”

Avvalroq Redkliff kasting e’lon qilingach, yosh hamkasbiga maktub yozgani ma’lum bo‘lgan. Dominik Maklaflin esa asl franshiza yulduzining qo‘llab-quvvatlashi uni nihoyatda quvontirganini aytgan.

HBO’ning “Garri Potter” seriali premyerasi 2027-yil boshiga rejalashtirilgan. Loyiha shouranneri — Francheska Gardiner, bir nechta epizod rejissyori — Mark Maylod, J. K. Rouling esa ijrochi prodyuser sifatida ishtirok etmoqda. Bosh rollarni Dominik Maklaflin (Garri Potter), Alaster Stout (Ron Uizli) va Arabella Stenton (Germiona Greynjer) ijro etadi. Serial musiqasi ustida Hans Zimmer va uning jamoasi ishlamoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Afg‘onistonda Alisher Navoiy xotirasiga 16 metrlik yodgorlik quriladi

Afg‘onistonning Mozori Sharif shahrida buyuk mutafakkir, davlat arbobi va shoir Alisher Navoiy nomi bilan atalgan chorraha ochildi hamda...

Walt Disney kompaniyasi “Moana 3” ustida ish boshladi

Mashhur animatsion franshiza davom etadi. Insayder Daniel Richtman ma’lumotiga ko‘ra, The Walt Disney Company studiyasi “Moana 3” loyihasini...

Cardi B to‘rtinchi farzandining otasi bilan ajralganini sahnada tasdiqladi

Amerikalik reper Cardi B Los-Anjelesdagi konserti davomida to‘rtinchi farzandining otasi — NFL yulduzi Stefon Diggs bilan munosabatlari yakunlanganini...

Rejissyor va ssenariynavis Shahnoza Jamilova vafot etdi

O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi a’zosi, iste’dodli kinorassom, ssenariynavis va rejissyor Shahnoza Jamilova vafot etdi. U milliy kinematografiyamizda o‘z o‘rniga ega...