Donald Tramp Bed Bannining Superboul tanaffus shousini keskin tanqid qildi

Share post:

“Amerikaning buyukligiga haqorat”

Bed Banni dunyodagi eng nufuzli sahnalardan birida tarix yaratgan bir paytda, Donald Tramp san’atkorning birlik haqidagi xabarini “Amerikaning buyukligiga haqorat” deb atadi.

Puerto-Rikolik superyulduz Bed Banni amerikancha futbol milliy ligasi (NFL) chempionlik o‘yini Superboul tanaffus shousida yakkaxon chiqish qilgan ilk lotin erkak san’atkor sifatida tarixga kirdi. Uning chiqishi to’liq ispan tilida bo’lib, reggaeton, salsa kabi turdagi musiqiy uslublarning jamlanishiga aylandi. Chiqishda Ledi Gaga, Riki Martin mehmon sifatida qatnashdi, shuningdek Pedro Paskal, Karol G, Cardi B va Jessika Alba ham paydo bo‘ldi.

Dunyoning eng ko‘p tinglanadigan san’atkorlaridan biri bo‘lgan Bed Banni “God Bless America” (Xudo Amerikani asrasin) iborasining ma’nosini kengaytirib, uni Amerika qit’asidagi barcha davlatlarni qamrab oluvchi tushuncha sifatida talqin qildi.

«Xudo Amerika asrasin-xoh Chili bo’lsin, xoh Argentina,»
– dedi Bed Banni Shimoliy va Janubiy Amerika 20 dan ortiq davlatlarni sanab o’tar ekan.

U shouni birlik haqidagi xabar bilan yakunladi: sahnada to‘p ustida “Birgalikda biz Amerikamiz” degan yozuv paydo bo‘ldi, katta ekranda esa:
“Nafratdan ham kuchliroq yagona narsa — bu sevgi” degan jumla aks etdi.

Bunday fikrlarga qarshi chiqish qiyin, ammo bu Donald Trampni to‘xtatmadi. Tramp va uning tarafdorlari bir necha oydan beri tashkilotchilar tanlovidan g‘azabda bo‘lib, bu qarorni “aqldan ozgancha”, “amerikalikka zid” va “dahshatli” deb atashgan. Uning tarafdorlari Bed Bannini ispan tilida kuylagani va ingliz tilidagi qo‘shiqlari yo‘qligidan nolishdi.

Bed Banni “Gremmi” mukofotlarida g‘olib bo‘lib, Immigratsiya va bojxona xizmati harakatlariga qarshi norozilik bayonoti qilgach, Trampning g‘azabi yanada kuchaydi.

Tramp Truth Social platformasida uning chiqishlarini uzun yozuv bilan keskin tanqid qildi va uni “Amerikaning buyukligiga haqorat” deb atadi.

“Superboul tanaffus shousi mutlaqo dahshatli, ENG YOMONLARIDAN BIRI!
Bu hech qanday ma’noga ega emas, Amerikaning buyukligiga haqorat va muvaffaqiyat, ijodkorlik hamda mukammallik standartlarimizni aks ettirmaydi,” — deb yozdi Tramp.

“Bu odam nima deyayotganini hech kim tushunmaydi, raqslari esa jirkanch, ayniqsa butun AQSh va dunyo bo‘ylab tomosha qilayotgan bolalar uchun.
Bu shou mamlakatimizga tarsaki bo‘ldi. Albatta, soxta ommaviy axborot vositalari buni maqtaydi, chunki ular REAL DUNYODA nima bo‘layotganini tushunmaydi,” — deb yozdi u g‘azab bilan.

Internet orqali namoyish etilgan bu shou taxminan 4 million tomosha yig‘di, YouTube’da esa bir paytda 6 milliongacha jonli tomoshabin bo‘lgan. Taqqoslash uchun, Superboul odatda o‘rtacha 127 million tomoshabin jalb qiladi. O‘tgan yili Kendrik Lamar chiqishi 133,5 million bilan rekord o‘rnatgan edi.

Bed Bannining rasmiy tomosha ko‘rsatkichlari hali e’lon qilinmagan, ammo dastlabki baholashlarga ko‘ra, u Kendrik Lamar’ning o‘tgan yilgi natijasidan ham yuqori bo‘lishi mumkin. Qanday bo’lmasin, 2026-yilgi Superboul tanaffus shousi “All American” shousidan ancha katta auditoriyaga yetib borgani aniq.

Ammo bu tanqidlardan so‘ng Bed Banni o‘zining 53,2 million obunachiga ega Instagram sahifasidagi barcha postlarni arxivladi. Bu holatga hozircha hech qanday izoh yo‘q.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...

Kristofer Nolan nega romantik komediya suratga olmaydi?

Odatda ilmiy-fantastik va murakkab syujetli filmlari bilan tanilgan rejissyor Kristofer Nolan nega romantik komediya janriga qo‘l urmasligini ma’lum...

Luvr muzeyining afsonaviy Apollon galereyasi o‘g‘irlikdan keyin ilk bor tashrif buyuruvchilarni bag‘riga oldi

Fransiyadagi dunyoga mashhur Luvr muzeyi o‘zining tarixiy Apollon galereyasini yana tashrif buyuruvchilar uchun ochdi. Biroq galereya bu safar...

Vulture Gollivudning eng kuchli 100 rejissyorini e’lon qildi

Vulture jurnali Gollivudning eng nufuzli 100 nafar rejissyor reytingini e’lon qildi. Roʻyxatning birinchi pogʻonasini britaniyalik rejissyor Kristofer Nolan...