Eng mashhur romantik filmlar

Share post:

Sevgan insoningiz bilan vaqtingizni yanada mazmunli va romantik hislarga boy o‘tkazishingiz uchun eng yaxshi filmlar.

“Titanik (1997)

Rejissor Jeyms Kemeron tomonidan suratga olingan Leonardo Di Kaprio va Keyt Uinslet ishtirokidagi “Titanik” kemasida boshlangan fojeali sevgi hikoyasi.

“Xotira kundaligi” (2004)

Rayan Gosling va Reychel Makadams — umr bo‘yi davom etgan sadoqatli muhabbat. Nikolas Sparks romani asosida yaratilgan.

“Andisha va g‘urur” (2005)

Kira Naytli va Metyu Makfeyden — sokin, nafis va chuqur sevgi dramasi. Jeyn Ostin asari asosida suratga olingan.

La La Lend (2016)

Emma Stoun va Rayan Gosling ishtirokidagi orzular hamda muhabbat o‘rtasidagi tanlov haqida zamonaviy romantik film.

“Romeo + Juletta” (1996)

Leonardo Di Kaprio va Kler Deyns ishtirokida katta fojia fonida tug‘ilgan muhabbat, ijtimoiy tabaqalar, taqdir va qurbonlik haqida unutilmas romantik drama. Uilyam Shekspir asari asosida suratga olingan.

“Go‘zal ayol” (1990)

Julia Roberts va Richard Gir ishtirokidagi tasodifiy uchrashuvdan boshlangan ertaknamo sevgi hikoyasi.

“Ko‘l uyi” (2006)

Kiano Rivz va Sandra Bullok ishtirokidagi romantik drama. Vaqt orqali yozishmalar bilan bog‘langan ikki yolg‘iz yurakning noodatiy muhabbat hikoyasi.

“Yulduzlar aybdor” (2014)

Sheylen Vudli va Ensel Elgort ishtirokida og‘ir kasallikka qaramay bir-birini sevgan yoshlar haqida yurakni ezuvchi romantik film.

“Sen bilan uchrashguncha” (2016)

Emiliya Klark va Sem Klaflin ijrosida — kutilmagan uchrashuv hayotni qanday o‘zgartirishi, muhabbat esa eng og‘ir qarorlar oldida ham insonni tanlovga majbur qilishi haqida romantik drama.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...

Kristofer Nolan nega romantik komediya suratga olmaydi?

Odatda ilmiy-fantastik va murakkab syujetli filmlari bilan tanilgan rejissyor Kristofer Nolan nega romantik komediya janriga qo‘l urmasligini ma’lum...

Luvr muzeyining afsonaviy Apollon galereyasi o‘g‘irlikdan keyin ilk bor tashrif buyuruvchilarni bag‘riga oldi

Fransiyadagi dunyoga mashhur Luvr muzeyi o‘zining tarixiy Apollon galereyasini yana tashrif buyuruvchilar uchun ochdi. Biroq galereya bu safar...

Vulture Gollivudning eng kuchli 100 rejissyorini e’lon qildi

Vulture jurnali Gollivudning eng nufuzli 100 nafar rejissyor reytingini e’lon qildi. Roʻyxatning birinchi pogʻonasini britaniyalik rejissyor Kristofer Nolan...