Coca-Cola Bruna Tavares brendi bilan birgalikda dekorativ kosmetika kolleksiyasini taqdim etdi

Share post:

Afsonaviy Coca-Cola brendi o‘z ta’sir doirasini kengaytirishda davom etmoqda. Bu safar u moda va layfstayl chegaralaridan chiqib, dekorativ kosmetikaning limitlangan kolleksiyasini taqdim etdi. Loyiha braziliyalik mashhur byuti-brend — vizajist va influenser Bruna Tavares nomi bilan bog‘liq brend bilan hamkorlikda yaratildi.

Kolleksiya yorqin, jasoratli va Coca-Cola’ning o‘ziga xos ruhini to‘liq aks ettiradi. Undan 15 ta mahsulot o‘rin olgan bo‘lib, har biri mashhur gazli ichimlik estetikasida bezatilgan: brendga xos qizil ranglar, metallik effektlar hamda Coca-Cola shishasi va bankalarini eslatib turuvchi dizayn elementlari bilan.

To‘plam tarkibiga ko‘z uchun tenlar palitrasi, lablar uchun gloss va balzamlar, stik ko‘rinishidagi rumyanlar, kipriklar uchun tush, shuningdek, zamonaviy aksessuarlar kiradi. Ranglar kundalik ham, yorqin obrazlar uchun ham mos keladi. Mahsulotlarning teksturalari qulay va yengil bo‘lib, terida oson surtiladi hamda kun davomida komfort hissini ta’minlaydi.

Alohida e’tibor qadoqlash dizayniga qaratilgan. Kosmetika Coca-Cola bilan bog‘liq “sovuq va yangilik” hissidan ilhomlangan: yaltiroq yuzalar, kondensatsiya effekti va brendga xos shakllar har bir mahsulotni kolleksion buyumga aylantiradi.

Yaratuvchilarning ta’kidlashicha, kolleksiyaning asosiy g‘oyasi — makiyajni oddiy jarayon emas, balki sevimli ichimlikni ochish paytidagi yoqimli lahzaga o‘xshash emosional ritualga aylantirishdir. Ushbu loyiha pop-madaniyat, nostalgiya va zamonaviy b’yuti tendensiyalarini o‘zida mujassam etadi.

Coca-Cola x Bruna Tavares hamkorligi allaqachon b’yuti ixlosmandlari va mashhur brendlar muxlislari orasida katta qiziqish uyg‘otdi. Limitlangan format esa ushbu kolleksiyani ayniqsa noyob va qimmatli qiladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Zendaya va Tom Holland yashirincha turmush qurishdi

Bu haqda 1-mart kuni “Aktyor” mukofoti taqdirlash marosimida aktrisaning stilisti Lau Roach ma’lum qilgan. “Ularning to‘yi allaqachon bo‘lib...

Netflix Warner Bros. Discovery’ni sotib olishdan voz kechdi

Dekabr boshida onlayn-kinoteatr Netflix Warner Bros. Discovery kompaniyasini 82,7 mlrd dollarga sotib olishini e’lon qilgandi. Bu kelishuv kino...

Bred Pittning yana bir farzandi uning familyasidan voz kechdi

Gollivudda Bred Pitt farzandlari bilan o‘rtasidagi mojaro haqida gap-so‘zlar tarqalganiga ancha bo‘lgan. Endi ma’lum bo‘lishicha, o‘g‘li Meddoks ham...

Jim Kerri Fransiyada faxriy “Sezar” mukofotini qo‘lga kiritdi

Afsonaviy aktyor va komik Jim Kerri kinematografiya sohasidagi ko‘p yillik ijodiy faoliyati hamda karyeradagi yuksak yutuqlari uchun Fransiyaning...