46 yoshida “O‘lim hududi” seriali aktyori Jeyms Ranson o‘z joniga qasd qildi

Share post:

Jeyms Rensonning rafiqasi — kino prodyuser Jeymi Makfi — turmush o‘rtog‘ining vafotidan so‘ng Ruhiy kasalliklarga qarshi milliy alyans foydasiga xayriya mablag‘lari yig‘ilishini e’lon qildi.

Aktyor 1979-yil 2-iyun kuni Baltimor shahrida, Vetnam urushi qatnashchisi Jeyms Finli Renson II va uning rafiqasi Joys oilasida tug‘ilgan. U bir muddat Nyu-Yorkdagi kam tanilgan rok guruhda bas-gitarachi sifatida faoliyat yuritgan. Jorj Vashington nomidagi San’at va texnologiyalar markazini tamomlagach, Manxettendagi Tasviriy san’at maktabida tahsilini davom ettirgan.

Jeyms Renson kino faoliyatini 1990-yilda “Qonun va tartib” serialidagi roli bilan boshlagan. Uning ijodiy faoliyatida jami 46 ta loyiha mavjud. Tomoshabinlar orasida u ayniqsa “O‘lim hududi” serialidagi Ziggi Sobotka obrazi orqali tanilgan. Shuningdek, u “Masxaraboz — 2” (Ono – 2) filmida Eddi Kaspbrak rolini ijro etgan.

Aktyor “Mening yigitim — qotil”, “Uddaburon o’g’rilar ”, “Bitiruv kechasi”, “Sinister”, “Sinister 2”, “Mandarin”, “Ideal yigit”, “Qora telefon” kabi filmlarda ham suratga tushgan. 2008-yilda u “Qotillar avlodi” loyihasidagi roli uchun ikkinchi darajali eng yaxshi aktyor sifatida Internet kino va televideniye assotsiatsiyasi mukofotiga sazovor bo‘lgan. 2013-yilda esa “Starlet” filmi uchun Robert Oltman mukofotini qo‘lga kiritgan.

2021-yilda Jeyms Renson bolalik chog‘ida zo‘ravonlik qurboni bo‘lganini ochiq tan olgan. Bu haqda u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozgan. Aktyorning so‘zlariga ko‘ra, ushbu og‘ir tajriba uni spirtli ichimliklar va giyohvand moddalarga qaramlikka olib kelgan. U 2006-yilda bu odatlardan voz kechgan. 2020-yil mart oyida esa Baltimor okrugi politsiyasiga rasmiy murojaat qilgan. Biroq sentyabr oyida tergovchi prokuratura mazkur ishni davom ettirishdan manfaatdor emasligini bildirgan. Natijada, tergov yakuniga qaramay, ayblov e’lon qilinmagan, deya xabar beradi Daily Mail.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...

Kristofer Nolan nega romantik komediya suratga olmaydi?

Odatda ilmiy-fantastik va murakkab syujetli filmlari bilan tanilgan rejissyor Kristofer Nolan nega romantik komediya janriga qo‘l urmasligini ma’lum...

Luvr muzeyining afsonaviy Apollon galereyasi o‘g‘irlikdan keyin ilk bor tashrif buyuruvchilarni bag‘riga oldi

Fransiyadagi dunyoga mashhur Luvr muzeyi o‘zining tarixiy Apollon galereyasini yana tashrif buyuruvchilar uchun ochdi. Biroq galereya bu safar...

Vulture Gollivudning eng kuchli 100 rejissyorini e’lon qildi

Vulture jurnali Gollivudning eng nufuzli 100 nafar rejissyor reytingini e’lon qildi. Roʻyxatning birinchi pogʻonasini britaniyalik rejissyor Kristofer Nolan...