“Avatar–3” prokatda muvaffaqiyatsizlikka uchradi

Share post:

Nihoyat tanqidchilar Jeyms Kemeronga yetib kelishdi va dastlabki baholar hech qanday ijobiy umid uyg‘otmayapti. Film 19-dekabr kuni jahon prokatida namoyish etiladi, biroq hozirdanoq u franshizaning eng bahsli qismi sifatida ko‘rilmoqda.

Rotten Tomatoes saytida film 68% baho oldi — bu avvalgi qismlardan ancha past: birinchi “Avatar” (2009) 81%, “Avatar: Suv yo‘li” (2022) esa 76% baholangan. Metacritic’da o‘rtacha baho 62/100 ni tashkil etadi, holbuki original film 83/100, syikvel esa 67/100 olgan edi.

Tanqidchilar fikri ikkiga bo‘lingan. Bir tomondan, hamma filmning vizual jihatdan hanuz hayratlanarli ekanini tan oladi. Operator Rassel Karpenterning ishi va dekoratsiyalar miqyosi yuqori baholanmoqda. Sharhlovchi Shon Tadjipur shunday deydi: “Jeyms Kemeron har doim va bundan keyin ham vizual effektlar va hissiyotlarni yangi bosqichga olib chiqadigan, tengsiz kinematografik tomosha yaratishga qodir”. Kortni Xovard esa bunday filmlar “kinozallar nima uchun yaratilganini eslatadi”, deya ta’kidlaydi.

Biroq ko‘pchilik syujetni yuzaki va oldindan taxmin qilinadigan, 3 soat 17 daqiqalik davomiylikni esa ortiqcha deb hisoblaydi. The Hollywood Reporter yozadi: “Bu ehtimol, butun seriyaning eng ikkilamchi qismidir. Haddan tashqari cho‘zilgan xronometraj davomida o‘rtamiyona dialoglardan bezish uchun juda ko‘p vaqt ajratilgan”. Ayrim sharhlovchilar Pandora olami “haddan tashqari sun’iy”, qahramonlar esa “sayoz” ko‘rinishini ham qayd etishgan.

Qizig‘i shundaki, Jeyms Kemeronning o‘zi ham franshizaning kelajagi borasida shubhalarini yashirmaydi. The Town with Matthew Belloni podkastida u “Olov va kul” o‘zini oqlamasa, to‘rtinchi va beshinchi qismlar umuman suratga olinmasligi mumkinligini aytib o‘tgan. Shunga qaramay, keyingi filmlar uchun rejalashtirilgan chiqish sanalari — 2029-yil 21-dekabr va 2031-yil 19-dekabr.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Zendaya va Tom Holland yashirincha turmush qurishdi

Bu haqda 1-mart kuni “Aktyor” mukofoti taqdirlash marosimida aktrisaning stilisti Lau Roach ma’lum qilgan. “Ularning to‘yi allaqachon bo‘lib...

Netflix Warner Bros. Discovery’ni sotib olishdan voz kechdi

Dekabr boshida onlayn-kinoteatr Netflix Warner Bros. Discovery kompaniyasini 82,7 mlrd dollarga sotib olishini e’lon qilgandi. Bu kelishuv kino...

Bred Pittning yana bir farzandi uning familyasidan voz kechdi

Gollivudda Bred Pitt farzandlari bilan o‘rtasidagi mojaro haqida gap-so‘zlar tarqalganiga ancha bo‘lgan. Endi ma’lum bo‘lishicha, o‘g‘li Meddoks ham...

Jim Kerri Fransiyada faxriy “Sezar” mukofotini qo‘lga kiritdi

Afsonaviy aktyor va komik Jim Kerri kinematografiya sohasidagi ko‘p yillik ijodiy faoliyati hamda karyeradagi yuksak yutuqlari uchun Fransiyaning...