Mashhur model Rozi Hantington-Uaytli FWRD moda siyosatini boshqaradi

Share post:

Britaniyalik mashhur model va aktrisa Rozi Hantington-Uaytli hashamatli onlayn-do‘kon FWRD’da yangi rahbarlik lavozimini egalladi. U endilikda brendning moda strategiyasi, merchendayzing siyosati va assortimentni shakllantirish jarayonlariga mas’ul bo‘ladi.

Business of Fashion’ning yozishicha, “Transformerlar” filmi yulduzi FWRD xarid bo‘limlari bilan hamkorlikda mavsumiy kolleksiyalarni tanlash, platformaning vizual yo‘nalishini belgilash va reklama kampaniyalarini ishlab chiqish kabi vazifalarni bajaradi. Shu orqali u brendning keyingi rivojlanish bosqichiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.

Kompaniya saytida Hantington-Uaytlining shaxsiy tanlovidan tuzilgan eksklyuziv to‘plam allaqachon e’lon qilingan. Unda Saint Laurent poyabzallari, The Row aksessuarlari va zamonaviy minimalizm ruhidagi buyumlar diqqat markazida turadi.

FWRD’ning bosh kompaniyasi Revolve Group vakillarining ta’kidlashicha, mashhur shaxslarni rahbarlik darajasiga jalb etish brendning rivojlanish strategiyasida muhim o‘rin tutadi.

“Bu yondashuv bizga auditoriyani ilhomlantirish, faol hamjamiyatlarni jalb qilish va brendning umumiy qamrovini sezilarli kengaytirish imkonini beradi”, — dedi kompaniya direktori Raissa Jerona.

So‘nggi yillarda yirik moda brendlari ijodiy va strategik qarorlar jarayoniga taniqli shaxslarni jalb qilishni tez-tez qo‘llamoqda. 2021-yilda Kendall Jennerning FWRD ijodiy direktori etib tayinlanishi sotuvlar hamda auditoriya qiziqishining sezilarli o‘sishiga sabab bo‘lgan.

Shuningdek, Christian Louboutin amerikalik reper Jeyden Smitni erkaklar liniyasi uchun ijodiy direktor etib tayinlagan bo‘lsa, Vans brendi R&B qo‘shiqchisi SZAni art-direktor sifatida jalb qilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

5 turk yulduzi, ular karyerada katta tanaffusga chiqib, hozircha ekranlarga qaytishni ham o‘ylamayapti

Dizilar olamida ba’zi aktyor va aktrisalar o‘z xohishlari bilan ijodiy ta’tilga ketib, muxlislarni sog‘intirib qo‘ymoqda. Kimlar ular? Neslihan Atagul 2023...

Uslub — shaxsiyat ifodasi: Vogue 2025 yil uchun eng zamonaviy nomlarni tanladi

Vogue jurnali 2025 yilning eng zamonaviy shaxslari ro‘yxatini e’lon qildi. Bu safar nashr nafaqat moda va shou-biznes vakillarini,...

“Hayvonlar shahri 2” daromadi 1 milliard dollar oshdi

“Hayvonlar shahri 2” kinoteatrlardagi namoyishining atigi 17 kuni ichida dunyo bo‘ylab 1 milliard dollar kassaviy daromad to‘pladi. Shu...

Rose va Bruno Mars yangi duetga ishora qilishdi

So‘nggi bir yil davomida BLACKPINK guruhi a’zosi Rose va Bruno Marsning “APT.” qo‘shig‘i barcha chartlarni larzaga solib kelmoqda....