Yandex Uzbekistan Allplay onlayn kinoteatrini sotib oldi

Share post:

Yandex Uzbekistan kompaniyasi onlayn kino va televideniye xizmatini ko‘rsatuvchi Allplay platformasining 100 foiz ulushini sotib oldi. Bitimning narxi oshkor etilmagan. Xizmat Yandex Plus obuna ekotizimiga kiritiladi.

Yandex Uzbekistan ma’lumotlariga ko‘ra, bitim foydalanuvchilarga Allplay onlayn kinoteatridan foydalanish imkonini beruvchi Anyway va Allmedia Safe Service`ning 100 foiz aksiyalarini o‘z ichiga oladi.

Xarid narxi oshkor etilmadi. Kompaniyaning ta’kidlashicha, kelishuv barcha normativ hujjatlar, jumladan, O‘zbekiston Raqobat qo‘mitasi qarori bilan tasdiqlangan. Yandex, shuningdek, Allplay brendi yopilmasligini ta’kidladi: u tez orada yangilanadi va Yandex Plus obuna xizmati ekotizimining bir qismiga aylanadi. Platforma filmlar va teleseriallar, musiqa, kitoblar, sport translyatsiyalari va kompaniyaning sodiqlik dasturidan foydalanish imkonini beradi.

Yandex Allplay katalogi Wink, Start, Kinopoisk onlayn kinoteatrlari, Amediateka video xizmati, telekanallar, shuningdek, boshqa hamkorlar bilan kengaytirilishini qo‘shimcha qildi:

Allplay O‘zbekistonda 2016-yili ish boshlagan. Bitimga qadar Allmedia Safe Service`ning ta’sischilari Grant Bagradovich Sarkisov va Ramil Raliyevich Rafikov (har biri 50 foiz) edi. Hozir kompaniyaga Dubayda (BAA) ro‘yxatdan o‘tgan Plus Entertainment Services Holding Ltd egalik qiladi. U Yandex Uzbekistan biznesiga egalik qiluvchi xalqaro Yango Group kompaniyalar guruhi tarkibiga kiradi.

2025-yil avgust oyida Raqobat qo‘mitasi Allplay`ni O‘zbekistonda onlayn-translyatsiya platformalari va onlayn-kinoteatrlar bozorida ustun mavqega ega operator deb topdi.

2024-yil oktabrda Yandex Uzbekistan Express24 yetkazib berish xizmati aktivlarining bir qismini sotib olgan va shu orqali o‘sha paytda oziq-ovqat yetkazib berish agregatorlari bozoridagi ulushi 87,5 foizga yetgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

“Hayvonlar shahri 2” daromadi 1 milliard dollar oshdi

“Hayvonlar shahri 2” kinoteatrlardagi namoyishining atigi 17 kuni ichida dunyo bo‘ylab 1 milliard dollar kassaviy daromad to‘pladi. Shu...

Rose va Bruno Mars yangi duetga ishora qilishdi

So‘nggi bir yil davomida BLACKPINK guruhi a’zosi Rose va Bruno Marsning “APT.” qo‘shig‘i barcha chartlarni larzaga solib kelmoqda....

“3 Savdoyi” yana qaytadi!

Bollywood muxlislari uchun katta yangilik: Amir Xon, Karina Kapur Xon, R. Madhavan va Sharman Joshi yana bir filmda...

“Met Gala – 2026” tafsilotlari oshkor bo‘ldi

Dunyoning eng nufuzli moda tadbiri — “Met Gala” ning 2026-yilgi o‘tkazilish tafsilotlari e’lon qilindi. Bu yil ham moda,...