
Premeradan atigi bir hafta o‘tmasdan “Hayvonlar shaharchasi 2” (“Zootopia 2”) jahon bo‘yicha 556 million dollar daromad yig‘di. Animatsion film rekord yangilab, AQSHdan tashqarida eng ko‘p daromad keltirgan multfilmga aylandi. Bu haqda “Deadline” nashri ma’lum qildi.

Film premyerasi global prokat tarixidagi eng yuqori daromadli startlar ro‘yxatida to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Reytingning birinchi uch pog‘onasi ham Disney studiyasiga tegishli bo‘lib, ular “Qasoskorlar: Final” (1,2 mlrd dollar), “Qasoskorlar: Cheksizlik jangi” (640,5 mln dollar) va “O‘rgimchak odam: Uyga yo‘l yo‘q” (600,5 mln dollar) filmlaridir.
Multfilmning ikkinchi bo‘limida yangi politsiyachilar — Judi va Nik — o‘zaro munosabatlarini yaxshilash uchun juftlik terapiyasiga yuboriladi. Ularning terapevti sifatida yangi qahramon, kvokka Fazzbi tanishtiriladi. Terapiya jarayonida Nik va Judi yangi ishga jalb qilinadi: ular hayvonlar megapolisida tartibsizliklar keltirib chiqargan zaharli ilon Garini to‘xtatishi lozim bo‘ladi.

Ma’lumot o‘rnida, “Hayvonlar shaharchasi” — 2016 yilda Walt Disney Animation Studios tomonidan yaratilgan mashhur animatsion film bo‘lib, undagi voqealar insonlar kabi yashaydigan turli hayvonlar jam bo‘lgan, zamonaviy va ulkan Zutopiya shahrida kechadi. Bu yerda hayvonlar tinch hayot kechiradi, ta’lim oladi, ishlaydi va jamiyatning turli jabhalarida faoliyat yuritadi.

