Azisning imiji yana muhokamalar markazida

Share post:

Bolgariyalik mashhur xonanda Azisning imiji yana keskin muhokama qilina boshlandi. Karyerasining boshida u shov-shuvli uslubi — kuchli grimm, ayollarga xos elementlar va provokatsion suratlari bilan tanilgan edi.

Bu obrazlar Bolgariyada ko‘p bora bahslar va tanqidlarga sabab bo‘lgan. Oradan yillar o‘tib, Azis bunday uslubdan voz kechib, normal ko‘rinishni tanladi. Ko‘pchilik buni san’atkorning “voyaga yetishi” yoki shunchaki shov-shuvlardan charchagani sifatida qabul qilgandi. Ko‘pchilik “Azis endi to‘g‘ri hayotga qaytdi” deb xursand edi.

Biroq, u yaqinda yana sahnadagi eski provokatsion qiyofasiga qaytdi. Oxirgi chiqishlarida Azis yana yorqin, ayollarga xos imijda, hatto korset kiygan holda sahnaga chiqib, muxlislar va OAVning diqqat markaziga tushdi.
Shunday qilib, bir narsa aniq bo‘ldi: uning uslubi qat’iy o‘zgarish emas, balki doimiy tajriba va erkin o‘zini ifoda etish, hamda doimiy o‘yin, u istalgan daqiqada xohlagan imijiga qaytishi mumkin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Zendaya va Tom Holland yashirincha turmush qurishdi

Bu haqda 1-mart kuni “Aktyor” mukofoti taqdirlash marosimida aktrisaning stilisti Lau Roach ma’lum qilgan. “Ularning to‘yi allaqachon bo‘lib...

Netflix Warner Bros. Discovery’ni sotib olishdan voz kechdi

Dekabr boshida onlayn-kinoteatr Netflix Warner Bros. Discovery kompaniyasini 82,7 mlrd dollarga sotib olishini e’lon qilgandi. Bu kelishuv kino...

Bred Pittning yana bir farzandi uning familyasidan voz kechdi

Gollivudda Bred Pitt farzandlari bilan o‘rtasidagi mojaro haqida gap-so‘zlar tarqalganiga ancha bo‘lgan. Endi ma’lum bo‘lishicha, o‘g‘li Meddoks ham...

Jim Kerri Fransiyada faxriy “Sezar” mukofotini qo‘lga kiritdi

Afsonaviy aktyor va komik Jim Kerri kinematografiya sohasidagi ko‘p yillik ijodiy faoliyati hamda karyeradagi yuksak yutuqlari uchun Fransiyaning...