“So‘yla, Qora dengiz” seriali yulduzi ajrashmoqda

Share post:

Turkiyaning taniqli aktrisasi, “So‘yla, Qora dengiz” seriali orqali keng ommaga tanilgan Irem Xelvajio‘g‘lu yana shaxsiy hayoti bilan omma e’tiboriga tushdi. 2024-yilning oktabrida u mashhur tadbirkor Ural Kaspar bilan turmush qurgani haqida ma’lum qilgan edi. Aktrisa va Uralning munosabatlari yillar davomida bir necha bor uzilib-ulanib turgan, hatto to‘yga oz vaqt qolganda ham ular yana birga bo‘lmasligi haqidagi mish-mishlar tarqalgan edi. Shu sababdan ularning nikohi muxlislar uchun kutilmagan voqea bo‘lgan.

Biroq oradan ko‘p o‘tmay, turk matbuoti Irem Xelvajio‘g‘lu va Ural Kaspar ajrashishga qaror qilgani haqida xabar bera boshladi. Bir necha hafta oldin aktrisa Sora ismli qizaloqni dunyoga keltirgan edi. Ural Kaspar farzandining tug‘ilganidan juda mamnun ekanini aytgan, ijtimoiy tarmoqlarda rafiqasiga samimiy minnatdorlik bildirib, xursandchiligini yashirmagan. Oilaning birgalikdagi suratlari ham muxlislar orasida ularda hammasi yaxshi degan tasavvur uyg‘otgandi.

Ammo Aksam nashrining ma’lumotiga ko‘ra, juftlik o‘zaro kelishgan holda ajrashishga qaror qilgan. Bu qarorga nima sabab bo‘lgani hozircha ochiqlanmadi. Na Iremning vakillari, na uning yaqinlari, na Ural Kaspar voqea yuzasidan biror izoh bergan.

Irem Xelvajio‘g‘lu ilgari bergan intervyularida oila qurish va ona bo‘lish uning eng katta orzularidan biri ekanini ta’kidlagan. U hatto to‘yning o‘tkazilishi ham Uralning taklifi bilan amalga oshganini aytgandi. Shu bois ajrashish haqidagi xabar aktrisaning ko‘plab muxlislarini hayratga soldi.

Yaqinda esa juftlik qizi bilan birga avtohalokatga uchragani ham xabar qilingandi. Ular ketayotgan mashinaga boshqaruvni yo‘qotgan mototsikl kelib urilgan. Oila a’zolari darhol kasalxonaga olib borilgan, Iremning jarohatlari uchun bir necha chok qo‘yilgan. Biroq jarohatlar yengil bo‘lgani sababli shifokorlar kuzatuvdan so‘ng ularni uyiga javob bergan.

Hozircha ajrashish jarayonining qachon boshlanishi va Irem hamda Uralning kelgusi rejalari haqida ma’lumot yo‘q.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

BTS nega “Gremmi”da ishtirok etmaydi?

Janubiy Koreyaning mashhur BTS guruhi bu yil “Gremmi” mukofotiga nomzodini qo‘ymasligini ma’lum qildi. Bunga mukofot tashkilotchilarining koreys, yapon...

Ariana Grande nega xakerlarni sudga berdi?

Amerikalik xonanda Ariana Grande shaxsiy ma’lumotlari va hali e’lon qilinmagan ijodiy materiallarini o‘g‘irlagan xakerlarga qarshi sudga murojaat qildi....

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...

Kristofer Nolan nega romantik komediya suratga olmaydi?

Odatda ilmiy-fantastik va murakkab syujetli filmlari bilan tanilgan rejissyor Kristofer Nolan nega romantik komediya janriga qo‘l urmasligini ma’lum...