Jahongir Otajonovni 2,3 mlrd so‘mga “uxlatgan” san’atkor 8 yilga qamaldi

Share post:

Jahongir Otajonov uzoq yillardan beri tanish bo‘lgan qashqadaryolik xonanda tomonidan firibgarlikka uchradi. Otajonovning aytishicha, ular konservatoriya yillaridan tanish bo‘lgan, aka-ukadek bo‘lib ketgan, ammo uning ishonchini suiiste’mol qilib, 2017-yildan boshlab ketma-ket firibgarliklar sodir etgan. Sud jarayoni 2025-yil 14-noyabr kuni bo‘lib, bu shaxsga 8 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Xonanda firibgarlik harakatlari oqibatida Jahongir Otajonov 195 ming dollar (2,337 mlrd so‘m) miqdorida zarar ko‘rgan. U Otajonovning Lexus mashinasini 34 ming dollar qarzdorlik bilan olib, pulni qaytarmagan. Toshkent va Qashqadaryodagi to‘ylardan berilgan 1 000 va 5 000 dollarlik gonorarlarni ham o‘zlashtirib olgan. Shuningdek, BMWni 83 ming dollarga sotib olayotganda atigi 15 ming dollar to‘lab, qolgan pulni bermagan va mashinani boshqa shaxs nomiga o‘tkazgan. Uyning savdosida 35 ming dollar o‘rniga 30 ming dollarni bergan, yana bir uyning 1,18 sotix qismini noqonuniy ravishda o‘z nomiga o‘tkazib, keyinchalik sotib yuborgan. Yana bir uy epizodida esa Otajonovga 32 ming dollar zarar yetkazgan.

Aybini tan olgan sudlanuvchiga qamoq jazosi bilan bir qatorda yetkazilgan zararni ham qoplashi belgilandi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Kerem Bursin yangi munosabatlarini oshkor qildi: Selin Yag‘jiog‘lu kim?

“Qalbim Eshigini Chert ” seriali orqali tomoshabinlar mehrini qozongan, Serkan Bolat obrazi bilan mashhur bo‘lgan turk aktyori Kerem...

Dunyoning turli mamlakatlarida Yangi yilni eng noodatiy tarzda qanday kutib olishadi?

ChiliChilining Talka shahrida ayrim odamlar Yangi yilni qabristonda kutib olishadi. Sham yoqiladi, sokin musiqa qo‘yiladi va yaqinlari xotirasi...

Beyonse — tarixdagi beshinchi milliarder musiqachi bo‘ldi

Amerikalik xonanda, aktrisa va tadbirkor Beyonse Noulz-Karter rasman tarixga kirdi — u milliarder maqomiga erishgan beshinchi musiqachi bo‘ldi....

Bugun Kim Tehyon o‘zining 30-yoshini nishonlamoqda

Kim Tehyon, dunyoga mashhur janubiy koreyalik aydol, aktyor va model, bugun 30 yoshga to‘ldi. U 1995 yil 30...