50 yillik mashhur roman endi serial bo‘lmoqda: Namoyish etiladigan kuni aniq bo‘ldi

Share post:

Netflix tomoshabinlariga taqdim etiladi.

Bosh rollarda Lovi Simon va Maykl Kuper ishtirok etgan yangi yoshlar dramasi bo‘lgan “Abadiy sevgi” serialining premyerasi Netflix platformasi 8-may kuni bo‘lishini e’lon qildi. Shuningdek, platforma serialdan ilk suratlarni ham bo‘lishdi.

“Abadiy sevgi” seriali mashhur yozuvchi Judi Blyumning 1975-yilda chop etilgan kitobining zamonaviy talqinidir. Serial 2018-yilda Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadi va bir-birining ilk muhabbati bo‘lgan qora tanli yoshlar Keisha Klark va Jastin Edvardsning muhabbat tarixini va o‘zligini anglashini hikoya qiladi.

Serialda Xosha Rokemor, Marvin Lourens Uinans III, Vud Xarris, Karen Pittman, Barri Shabaka Xenli, Ali Gallo, Naylz Fitch, Peygion Uoker va E’miri Kretchfild kabi aktyorlar rol o‘ynaydi.


“Abadiy sevgi” serialining muallifi va bosh prodyuseri Mara Brok Akil bo‘lib, u “Girlfriends” va “Being Mary Jane” kabi mashhur loyihalar bilan tanilgan. Bu serial Akilning Netflix bilan birinchi loyihasidir.


Mashhur yozuvchi  Judi Blyumning yana bir kitobi “Xudo bormi? Bu men, Margaret” (Are You There God? It’s Me, Margaret) 2023-yilda Kelli Fremon Kreyg tomonidan film sifatida namoyish etilgan edi.


Netflix’ning yangi seriali “Abadiy sevgi” 8-may kuni tomoshabinlarga taqdim etiladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Lola Eltoyeva xalqaro mukofotga sazovor bo‘ldi

Istambulda TURKSOY Xalqaro teatr mukofotlarini topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. O‘n birinchi bor tashkil etilgan mazkur nufuzli xalqaro...

BLACKPINK a’zosi Jenni Koreyada Iroq elchixonasi binosini sotib oldi

Xonanda hozirda Janubiy Koreyada Iroq elchixonasi joylashgan binoning egasi bo‘ldi. Sports Chosun ma’lumotiga ko‘ra, Korea Economic TV’ga tayanib,...

Britni Spirs o‘z qo‘shiqlari huquqini 200 mln dollarga sotdi

Jahon pop musiqasi yulduzi Britni Spirs o‘zining qo‘shiqlari huquqini Primary Wave nashriyotiga sotgani haqidagi xabarlar shou-biznes olamida katta...

Afra Saracho‘g‘li 13 yoshidan beri ko‘rmagan otasi bilan yarashdi

Turkiyalik mashhur aktrisa Afra Saracho‘g‘li allaqachon otasi bilan munosabatlarini tiklagan edi, biroq buning rasmiy tasdig‘i faqat 2026-yil yanvar...