Vudi va Bazz qaytmoqda! Pixar “O‘yinchoqlar tarixi 5” treylerini taqdim etdi

Share post:

Pixar animatsiya studiyasi “O‘yinchoqlar tarixi 5” (Toy Story 5) multfilmining chiqish sanasini e’lon qilib, birinchi tizer-treylerini namoyish etdi. Film rejissyori — Endryu Stenton, u ilgari “Nemoni izlab”, “Vall-I” va “Dorini izlab” kabi mashhur multfilmlarni yaratgan.

Tizer tafsilotlari

Treylerda o‘yinchoqlar yangi qahramon — Lilypad bilan tanishadi. U “qurbaqa shaklidagi aqlli planshet” bo‘lib, texnologik imkoniyatlari tufayli Vudi, Bazz, Jessi va jamoaning ishini ancha murakkablashtiradi.
Ular o‘yinchoqlar dunyosini butunlay o‘zgartirib yuboradigan yangi xavf bilan to‘qnash kelishadi.

Tarixga qisqa nazar

Birinchi “O‘yinchoqlar tarixi” 1995-yilda chiqib, to‘liq kompyuter grafikasi yordamida yaratilgan ilk animatsion film bo‘lgan.
1999-yilda chiqqan davomi va keyinchalik Disney tomonidan Pixar studiyasining 2006-yilda sotib olinishi franshizani yanada kuchaytirdi.

2010-yilda “O‘yinchoqlar tarixi 3” va 2019-yilda “O‘yinchoqlar tarixi 4” namoyish etilgan. Har ikki film ham dunyo bo‘ylab $1 milliarddan ortiq daromad keltirib, “Eng yaxshi animatsion film” uchun “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan.

Chiqarilish sanasi

“O‘yinchoqlar tarixi 5” — Pixar studiyasining 31-chi to‘liq metrajli filmi bo‘ladi.
Premyera sanasi — 2026-yil 19-iyun.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Hilola Hamidova san’atni tark etdimi?

Xonanda Hilola Hamidova so‘nggi paytlarda nega ijodda kamnamo boʻlib qolganiga izoh berdi. Uning aytishicha, hozir u ko‘proq oilasi,...

ASL Wayne va Massa 8 ta shaharda konsert beradi

ASL Wayne va Massa O‘zbekiston bo‘ylab o‘tkaziladigan “ULTIMATE TOUR 2026” gastrol safari oldidan matbuot anjumani tashkil etdi. Unda prodyuser...

Internetda Oliver Trining o‘limi sahnalashtirilgan degan fikr keng muhokama qilinmoqda

Tarmoqda amerikalik artist Oliver Trining o‘limi haqidagi nazariya tobora ko‘proq muhokama qilinmoqda. Foydalanuvchilar xonanda va uning do‘stining aviahalokatda...

Burak O‘zchivit yangi mojaro markazida: aktyor hamkasbining rolini tortib oldimi?

Turkiyaning yangi mavsumdagi eng kutilayotgan loyihalaridan biri — “Quyosh chiqadigan joy”. Hali suratga olish ishlari boshlanmasdan turib serial...