2026-yilgi “Gremmi” mukofoti nomzodlarini e’lon qildi. Bu yilgi ro‘yxat musiqa olamidagi keskin raqobat, yangi rekordlar va kutilmagan natijalar bilan ajralib turadi.

Kendrik Lamar — mutlaq yetakchi
Reper Kendrik Lamar bu yil 9 ta nominatsiya bilan ro‘yxatning cho‘qqisida turibdi. U “Yil albomi”, “Yil ovozi”, “Yil qo‘shig‘i” kabi eng muhim nominatsiyalarning deyarli barchasida bor. Odatda har yili kuchli natija ko‘rsatadigan Kendrik uchun bu, deyarli, “Gremmi” tarixidagi navbatdagi yirik yutuq bo‘lishi mumkin.
Lеdi Gaga uchun shaxsiy rekord
Odatda pop divalar orasida “Gremmi”da raqobat kuchli bo‘ladi. Lеdi Gaga esa bu safar 7 ta nominatsiya bilan o‘zining shaxsiy rekordini yangiladi. Unga prodyuserlar Jek Antonoff va Cirkut ham 7 tadan nominatsiya bilan hamrohlik qilmoqda. Gaga yangi albomi “Mayhem” bilan tanqidchilar e’tirofiga sazovor bo‘lgandi va endi mukofotlar marosimida asosiy da’vogar sifatida qaytmoqda.

Olti nominatsiyadan olganlar
Quyidagi ijodkorlar ham bu yilgina emas, umuman “Gremmi” tarixi uchun yuqori ko‘rsatkich bo‘lgan 6 ta nominatsiya bilan qayd etilgan:
Bed Banni
Sabrina Karpenter
Leon Tomas
Serban Genea
Asosiy nominatsiyalar bo‘yicha favoritlar
“Yil Albomi”
Bed Banni — Debí Tirar Más Fotos
Jastin Biber — Swag
Sabrina Karpenter — Man’s Best Friend
Ledi Gaga — Mayhem
Kendrik Lamar — GNX
Tyler, The Creator — Chromakopia
Leon Tomas — Mutt

Mutaxassislar hozircha Kendrik, Bed Banni va Ledi Gaga uchligini eng asosiy favorit sifatida ko‘rmoqda.
“Yil ovozi”
Kendrk Lamar & SZA — “luther”
Ledi Gaga — “Abracadabra”
Billi Alish — “Wildflower”
Bed Banni — “DtMF”
Sabrina Karpenter — “Manchild”
Rosé & Bruno Mars — “APT.”
Chappell Ron — “The Subway”

Bu kategoriyada ham Ledi Gaga va Kendrik yetakchi bo‘lsa-da, Billi Aylish har yili kutilmagan sovrinlar olishi bilan tanilgan.
Kimlar bu yil nominatsiyasiz qoldi?
Har yili “Gremmi” ro‘yxatida yo‘qligi bilan ham shov-shuv bo‘ladigan nomlar bo‘ladi. Bu safar ro‘yxatda quyidagi mashhurlar yo‘q:
Teylor Svift — bu yil yangi albom chiqarmagani sabab nomzodlik olmagan.
Dreyk — odatdagidek “Gremmi” bilan sovuq munosabatda, ba’zan o‘zi ham nomzod bo‘lishdan bosh tortadi.
The Weeknd — So‘nggi yillarda Akademiyani tanqid qilgani bois, odatdagidek ro‘yxatda yo‘q.
Ariana Grande — yangi albom davri hali boshlanmagan.

Taqdimot sanasi
Marosim 2026-yil 1-fevral kuni Los Anjelesdagi “Crypto.com Arena”da bo‘lib o‘tadi va CBS hamda Paramount+ orqali jonli efirda namoyish etiladi.

