Shohrux Xonning “Qirol” filmi: yirik loyiha tafsilotlari

Share post:

Hind kinosi yulduzi Shohrux Xon 2026–2027-yillarda ekranlarga chiqishi kutilayotgan King (“Qirol”) filmi orqali yana katta kino maydoniga qaytmoqda. Rejissyor Siddharth Anand boshchiligidagi loyiha hozirdanoq Bollivudning eng qimmat va eng kutilayotgan filmlaridan biri sifatida tilga olinmoqda.

Loyiha haqida

Filmning byudjeti taxminan 24 million dollar deb ko‘rsatilgan. Suratga olish ishlari Hindiston bilan birga Polshada ham olib borilmoqda, bu esa filmni xalqaro darajaga olib chiqadi. Shuningdek, maxsus effektlarga ham katta e’tibor berilayotgani aytilmoqda.

Suratga olish ishlari Gdansk, Gdynya va Sopot shaharlarini qamrab olgan hududda sentyabr oyining o‘rtalaridan buyon davom etmoqda. 30-sentyabrdan 1-oktyabrga o‘tar kechasi Gdanskning markaziy qismi bo‘lgan Glowny Miescie hududida mototsikl sahnalari va murakkab kaskadyorlik tryuklari tasvirga olindi. Eng hayratlanarli sahnalardan biri – Artus saroyi fasadidan sakrash epizodi bo’ldi. Bu jarayonda ayrim ko‘chalar vaqtincha yopilgan, bu esa mahalliy aholining biroz noroziligiga sabab boʻlgan.

Aktyorlar tarkibi

Filmda Shohrux Xon bilan birga mashhur aktrisa Dipika Padukone ham ishtirok etadi. U ilgari ham aktyor bilan “Chennay ekspress” va “Pathan” filmlarida go‘zal duetlar yaratgan. Shuningdek, aktyorlar tarkibida Suhana Xon (aktyorning qizi), Abhishek Bachchan, Arshad Varsi, Akshay Oberoy va Raghav Juyal kabilar bor. Abhishek Bachchan filmda salbiy qahramon rolini ijro etishi kutilmoqda.

Premyera sanasi

Dastlab film 2026-yil 26-dekabr kuni taqdim etilishi rejalashtirilgan edi. Shunga qaramay, ayrim manbalar taqdimot 2027-yilga ko‘chishi mumkinligini ham aytmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Maykl Jekson vafotidan 17 yil o‘tib ham musiqa reytinglarida yetakchilik qilmoqda

Pop qiroli Maykl Jeksonning “The Essential Michael Jackson” albomi 2026-yilning dastlabki to‘qqiz oyi yakunlariga ko‘ra, Buyuk Britaniyada eng...

“Maykl” filmi Gotem mukofotiga sazovor bo‘ladi

Pop qiroli Maykl Jekson hayotiga bag‘ishlangan “Maykl” biografik filmi 2026-yilgi Gotem (Gotham Film Awards) marosimida maxsus musiqiy mukofot...

Ay Yola guruhi “Gremmi”ning ilk saralash bosqichidan joy oldi

Boshqirdistonning Ay Yola musiqiy guruhi “Gremmi” mukofotiga nomzodlarni saralashning birinchi bosqichiga kiritildi. Guruhning “Ural Batyr” albomi va “Aihylyu”...

Rossiyalik reper Navai Qozog’istonda ikki oyga hibsga olindi

Rossiyalik reper Navai taxallusi bilan tanilgan Navai Bakirov Qozog‘istonda ikki oy muddatga hibsga olindi. Bu haqda Jambil viloyati...