Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansambli Yaponiyada

Share post:

Yaponiyaning Osaka shahrida o‘tkazilgan “Expo 2025” butunjahon ko‘rgazmasi doirasida O‘zbekiston Milliy kuni keng nishonlandi.


Madaniyat Vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, milliy kun doirasida mehmonlarga o‘zbek xalqining betakror madaniyati va san’ati namoyish etildi. Farg‘ona, buxorocha, lazgi va boshqa milliy raqslar, kuy-qo‘shiqlar ijro etilgan konsert dasturi yuksak bayramona kayfiyat bag‘ishladi. Karnay-surnay sadolari, milliy cholg‘ularning chiqishlari marosimga yanada ulug‘vorlik baxsh etdi.

O‘zbekiston milliy raqs san’atining eng yorqin namunalarini taqdim etishda Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansambli alohida o‘rin tutdi. Ansamblning sahnadagi chiqishlari milliy raqs san’atining go‘zalligi, nafisligi va zamonaviy jilo kasb etgan an’analarini yuksak darajada namoyish etdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Afra Saracho‘g‘li 13 yoshidan beri ko‘rmagan otasi bilan yarashdi

Turkiyalik mashhur aktrisa Afra Saracho‘g‘li allaqachon otasi bilan munosabatlarini tiklagan edi, biroq buning rasmiy tasdig‘i faqat 2026-yil yanvar...

Malalaning portreti Oksford universitetida namoyish etildi

Nobel mukofoti sovrindori Malala Yusufzayning portreti Oksford universitetining Lady Margaret Hall kollejida namoyish etildi. Portret rassom Izabella Uotling...

Eng mashhur romantik filmlar

Sevgan insoningiz bilan vaqtingizni yanada mazmunli va romantik hislarga boy o‘tkazishingiz uchun eng yaxshi filmlar.“Titanik” (1997)Rejissor Jeyms...

Donald Tramp Bed Bannining Superboul tanaffus shousini keskin tanqid qildi

“Amerikaning buyukligiga haqorat” Bed Banni dunyodagi eng nufuzli sahnalardan birida tarix yaratgan bir paytda, Donald Tramp san’atkorning birlik haqidagi...