Xitoyda robot teatr akademiyasi talabasi bo‘ldi

Share post:

Xueba 01 (xitoy tilidan tarjimada — “a’lochi”) Shanxay teatr akademiyasining “Dramaturgiya va kino” bo‘yicha doktorantura dasturi talabalar safiga qo‘shildi. Bu haqda South China Morning Post xabar berdi.

Xueba 01 — balandligi taxminan 175 sm, vazni esa 30 kilogrammdan oshmaydigan robot bo‘lib, odamlar bilan muloqot qila oladi va mimikani namoyon eta oladi. Uni Shanxay fan va texnologiya universiteti hamda DroidUp Robotics kompaniyasi yaratgan.

Ma’lum bo‘lishicha, robot to‘rt yil davomida teatr san’ati, aktyorlik mahorati va ssenariy yozishni o‘rganadi. Uning ilmiy rahbari professor Yan Tsingtsin hisoblanadi.
“Xueba 01 sinfdoshlari bilan muloqot qilganda, bu sovuq mashinaning inson bilan uchrashuvi emas, balki turli mavjudotlar o‘rtasidagi estetik almashinuvdir”, — deya fikr bildirdi professor.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

AQShda taniqli aktyor Jeyms Xendi pichoqlab o‘ldirildi

AQShning Los-Anjeles shahrida 81 yoshli aktyor Jeyms Xendi pichoqlab o‘ldirildi. Bu haqda Variety nashri huquq-tartibot organlari ma'lumotlariga tayanib...

«Она танцует под Шадэ»: afsonaviy xonanda Sade haqida

“Sade” guruhining nomi uning vokalisti Helen Folashade Adu nomidan olingan. “Folashade” yoruba tilida “sharaf toj olib keldi” degan...

Maryam Tillayevaning sevgilisi munosabatlarning boshida uning jamoasiga maosh to‘lab bergan

Maryam Tillayeva va uning sevgilisi Arno juftligi atrofida uzoq vaqtdan beri ularning moliyaviy imkoniyatlari o‘rtasidagi farq haqida mish-mishlar...

Xonanda PSY qamalishi mumkin

PSY 2022-yildan 2025-yilgacha boʻlgan muddat ichida Seuldagi universitet shifoxonalaridan birida shaxsan shifokor koʻrigidan oʻtmasdan, oʻzining menejeri va boshqa...