Oʻzbekistonda Botir Zokirov nomidagi stipendiya joriy qilinadi

Share post:

Prezident Shavkat Mirziyoyev madaniyat, san’at va hunarmandchilikni rivojlantirish bo‘yicha takliflarni koʻrib chiqdi. Mutasaddilar ushbu sohalarni boshqarishni takomillashtirish, xalqaro tajribani joriy etish va ularni xalqqa yanada yaqinlashtirishni rejalashtirmoqda.

Oldinroq O‘zbekiston prezidentining qarori bilan Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti tashkil etilgan edi. Endi esa san’atkorning memorial muzeyini tashkil etish, Botir Zokirov nomidagi stipendiyani joriy qilish va xalqaro estrada tanlovini o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Qayd etilishicha, institutning bakalavriat bosqichini tamomlagan eng faol bitiruvchilar chet elga magistraturada o‘qishga yuboriladi hamda iqtidorli talabalarning nufuzli xalqaro tanlovlarda ishtiroki qo‘llab-quvvatlanadi.

Avvalroq Sherali Joʻrayev nomidagi musiqa va san’at Oliy maktabi tashkil etilishi haqida xabar berilgandi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Beyonse — tarixdagi beshinchi milliarder musiqachi bo‘ldi

Amerikalik xonanda, aktrisa va tadbirkor Beyonse Noulz-Karter rasman tarixga kirdi — u milliarder maqomiga erishgan beshinchi musiqachi bo‘ldi....

Bugun Kim Tehyon o‘zining 30-yoshini nishonlamoqda

Kim Tehyon, dunyoga mashhur janubiy koreyalik aydol, aktyor va model, bugun 30 yoshga to‘ldi. U 1995 yil 30...

Barcha davrlarning eng mashhur Yangi yil qo‘shiqlari

Yangi yil va Rojdestvo qo‘shiqlari butun dunyoda bayramona kayfiyatni yaratadigan eng muhim musiqiy an’analardan biridir. Har yili yil...

Enn Хetеuey uchun 2026-yil haqiqiy porloq davr bo‘lishi kutilmoqda

2026-yil Enn Хetеueyning ijodiy faoliyatida eng yorqin va sermazmun davrlardan biri bo‘lishi mumkin. Aktrisa bu yil davomida bir...