Beyonsening e’lon qilinmagan qo‘shiqlari o‘g‘irlandi

Share post:

AQShda politsiya Beyonsening chiqarilmagan qo‘shiqlari Atlantada uning xoreografi mashinasidan o‘g‘irlangani haqida ma’lum qildi.



“Single Ladies” qo‘shig‘i bilan tanilgan qo‘shiqchi, kantri janridagi “Cowboy Carter” albomini taqdim qilish uchun jahon gastrol safarida edi. O‘tgan haftadan beri Atlantada  3 ta konsert bergan san’atkorning shahardagi oxirgi konserti dushanba kuni kechqurun bo‘lib o‘tdi.

Atlanta politsiyasi dushanba kuni matbuot anjumanida ma’lum qilishicha, rasmiylar o‘tgan hafta avtomobilda o‘g‘rilik sodir etilganligi bo‘yicha xabarlarni tekshirishgan. Tergovchilarning aytishicha, Jip avtomobilidan 2 ta chamadon o‘g‘irlangan.

“ABC News”ning politsiya hujjatlariga asoslanib bergan xabarga ko‘ra, chamadonlarda Beyonsening hali chiqmagan qo‘shiqlari va konsert rejalari bo‘lgan.

Chamadonlarning egasi Beyonsening xoreograflaridan biri bo‘lgani aytilmoqda.

Politsiya o‘g‘irlik qurbonlari sifatida xoreograf Kristofer Grant va Beyonsening raqqosalaridan biri Diandre Blyu ekanini aniqladi.

Associated Press’ning xabariga ko‘ra, ular politsiyaga avtomobilini bitta restoran oldida qoldirishganini va taxminan bir soatdan keyin yukxonaning oynasi sindirib, chamadonlar o‘g‘irlanganini payqashganini aytishgan.

AP’ politsiya hujjatlariga asoslanib bergan ma’lumotga ko‘ra, o‘g‘irlangan materiallar 5 ta qattiq diskda saqlangan.

AP’ xabarida aytilishicha, 2 ta MacBook noutbuki, Apple quloqchinlari, hashamatli kiyim-kechak va aksessuarlar ham o‘g‘irlangan.

ABC News’ning yozishicha, Blyu politsiyaga qattiq disklarda “filigranli musiqa, hali chiqmagan ba’zi qo‘shiqlar, konsert suratga olish rejasi hamda o‘tgan va kelajakdagi qo‘shiqlar ro‘yxati” bo‘lganligini aytgan.

The Independent nashri Beyonsening vakillari bilan bog‘landi.

Politsiya dushanba kuni kechki paytgacha o‘g‘rini qo‘lga tushira olmagan lekin politsiya hujjatlariga ko‘ra, gumondorni topish uchun harakatda.

Hokimiyat vakillari noutbuk signali orqali joyni aniqlashgan va xodimlar hududni tekshirish uchun yuborilgan. Politsiya hududda “gumonli shaxs to‘xtatilganini” bildirgan.

Kameralar ham o‘g‘irlikni yozib olishga muvaffaq bo‘lgan va tergovchilar “juda xira” bo‘lgan ikkita barmoq izini topishgan.

Atlantadagi so‘nggi shousidan keyin Beyonse gastrolini yakunlash uchun Las-Vegasga yo‘l oladi. San’atkor 25-26-iyul kunlari “Allegiant” stadionida sahnaga chiqadi.

“Kavboy Karter” konserti Beyonse uchun barcha janrlardagi 200 albom reytingida 8-marta 1-o‘rinni egalladi. Shuningdek, san’atkor “Country” Albomlari reytingida 1-o‘ringa chiqqan birinchi qora tanli ayol sifatida tarixga kirdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Beyonse — tarixdagi beshinchi milliarder musiqachi bo‘ldi

Amerikalik xonanda, aktrisa va tadbirkor Beyonse Noulz-Karter rasman tarixga kirdi — u milliarder maqomiga erishgan beshinchi musiqachi bo‘ldi....

Bugun Kim Tehyon o‘zining 30-yoshini nishonlamoqda

Kim Tehyon, dunyoga mashhur janubiy koreyalik aydol, aktyor va model, bugun 30 yoshga to‘ldi. U 1995 yil 30...

Barcha davrlarning eng mashhur Yangi yil qo‘shiqlari

Yangi yil va Rojdestvo qo‘shiqlari butun dunyoda bayramona kayfiyatni yaratadigan eng muhim musiqiy an’analardan biridir. Har yili yil...

Enn Хetеuey uchun 2026-yil haqiqiy porloq davr bo‘lishi kutilmoqda

2026-yil Enn Хetеueyning ijodiy faoliyatida eng yorqin va sermazmun davrlardan biri bo‘lishi mumkin. Aktrisa bu yil davomida bir...