11 yoshli o‘zbekistonlik o‘quvchi qiz “Britain’s Got Talent” sahnasida chiqish qildi

Share post:

11 yoshli maktab o‘quvchisi Yasmina Husniddinova Buyuk Britaniyaning mashhur “Britain’s Got Talent” teleloyihasida chiqish qilib, ilk o‘zbekistonlik ishtirokchiga aylandi. Bu haqda O‘zbekistonning Londondagi elchixonasi ma’lum qildi. U sahnada “Never Enough” qo‘shig‘ini ijro etib, hakamlar va tomoshabinlar e’tiborini tortdi.

Yasmina Husniddinova 2013-yil 20-noyabrda tug‘ilgan. Hozirda Toshkent shahridagi T. Sadykov nomidagi 1-son bolalar musiqa va san’at maktabining estrada vokal yo‘nalishida tahsil oladi. Vokal bilan 6 yoshidan shug‘ullanib kelmoqda.

U turli respublika va xalqaro tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan. Jumladan, “Yoshlar ovozi” respublika tanlovi g‘olibi, Italiya va Belarusiyadagi xalqaro ko‘rik-tanlovlarda ikki karra Gran-pri sohibasi, “МИРОВОЕ МОЛОДЁЖНОЕ ИСКУССТВО” (Xalqaro tanlov), “МУЗЫКА ЖИЗНИ” (International Multigenre Competition), “ОДАРЁННЫЕ ДЕТИ” marafoni, “TASHKENT GRAND FESTIVAL” (International Competition-Festival), “БАКЫТТЫ БАЛАМЫЗ”, shuningdek, “YOSH ISTE’DODLAR” tanlovlari ishtirokchisi.

Yasmina Belarusiyada o‘tkazilgan  “Славянский базар в Витебске!” xalqaro san’at festivalining bolalar yo‘nalishida ham Gran-pri sohibasi bo‘lgan. Mukofot unga Belarus prezidenti Alexander Lukashenko tomonidan topshirilgan.

“Britain’s Got Talent”dagi chiqishi uning xalqaro sahnadagi navbatdagi muvaffaqiyatlaridan biri bo‘ldi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Hande Erchel Instagram’dagi bitta reklama uchun qancha oladi?

Mashhur turk aktrisasi Hande Erchelning Instagram’dagi reklama xizmatlari narxi ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.Turkiyaning Ensonhaber nashri xabariga ko‘ra,...

Mashhur yapon yozuvchisi Ryu Murakami 74 yoshida vafot etdi

Yaponiyalik taniqli yozuvchi, ssenariynavis va rejissyor Ryu Murakami 74 yoshida vafot etdi. Bu haqda 23-oktyabr kuni uning kitoblarini...

Yaponiyalik qiz 6 yoshida musiqa olamida rekord o‘rnatdi

Yaponiyalik 6 yoshli Illumi Maeda klubda bir soatdan ortiq DJ sifatida chiqish qilib, Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi. DJ Illu...

“Oltin globus” qo‘mitasi nega “Maykl” filmini musiqiy film deb tan olmadi?

Pop qiroli Maykl Jekson hayotiga bag‘ishlangan “Maykl” biografik filmi 2027-yilgi “Oltin globus” mukofotining musiqiy yoki komediya filmi yo‘nalishidan...