Yurakni ezadigan suratlar yillar davomida Bred&Jelina munosabatlarining yemirilishini ko‘rsatadi

Share post:

Bred Pitt va Anjelina Jolining muhabbat hikoyasi yillar oshsa ham  yodda qoladigan bo‘ldi. Ularning hikoyasi kinolardagidek baxtli yakun topmagan bo‘lsa ham 2003–2004-yillarda suratga olingan “Janob Smit va Smit xonim” filmi maydonchasida xuddi romantik filmga o‘xshab boshlangan edi.

O‘sha paytda Bred aktrisa Jennifer Anistonga uylangan bo‘lishiga qaramasda, Bred va Anjelina o‘rtasida bir uchqun paydo bo‘lgani inkor etib bo‘lmasdi. Lekin ular orasida hech narsa sodir bo‘lmadi, toki 2005-yilda Bred Jennifer bilan ajrashguniga qadar.

Ajrashuvdan keyin Bred va Anjelina deyarli doim birga ko‘rina boshlashdi. Lekin ular oddiy uchrashuvlarga chiqishmadi balki Bred Anjelinaga 2005-yilda Efiopiyaga safarida hamrohlik qildi va u yerda Anjelina ikkinchi farzandi — Zaxarani asrab oldi.

2006-yilga kelib, Anjelinaning bolalari Maddoks va Zaxara ham rasmiy ravishda “Joli-Pitt” familiyasini oldi, chunki Bred ularni qonuniy farzandlikka oldi. O‘sha yili juftlikning ilk biologik farzandi Shaylo tug‘ildi.

Keyingi besh yil davomida ular Gollivudning eng mashhur “IT-juftligi”ga aylandi: dunyo bo‘ylab sayohat qilishdi, turli mamlakatlardan farzand asrab olishdi, saraton kasalligi xavfini yengib o‘tishdi va yirik filmlarda bosh rollarda o‘ynashdi.

2014-yilda Bred va Anjelina Fransiyadagi mulklarida yaqinlari davrasida kichik to‘y o‘tkazishdi. Bolalari ham marosimda faol ishtirok etdi. Afsuski, turmush qurganlaridan keyin ularning munosabatlari asta-sekin yemirila boshladi.

Keyingi ikki yil davomida ular jamoatchilik oldida birlikni saqlashga urinishdi ammo Anjelina tobora ozib, holdan toyib borayotgani munosabatlaridagi og‘irlikni oshkor qilib qo‘ydi.

2016-yilda Anjelina “yarashib bo‘lmaydigan kelishmovchiliklar” sabab ajrashish uchun sudga murojaat qildi. OAV ularning janjallari va farzand tarbiyasi borasida kelishmovchiliklari haqida xabar qildi. Shundan so‘ng hamma narsa ochiq bo‘lib ketdi va jarayon 8 yil davom etgan murakkab vasiylik mojarosiga aylandi.

Bugunga kelib, ular deyarli munosabat saqlab qolmagan. Bredning bolalari bilan ham aloqalari sustlashgan — hattoki, 2024-yilda qizi Shaylo familiyasidan “Pitt” qismini olib tashladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...

Kristofer Nolan nega romantik komediya suratga olmaydi?

Odatda ilmiy-fantastik va murakkab syujetli filmlari bilan tanilgan rejissyor Kristofer Nolan nega romantik komediya janriga qo‘l urmasligini ma’lum...

Luvr muzeyining afsonaviy Apollon galereyasi o‘g‘irlikdan keyin ilk bor tashrif buyuruvchilarni bag‘riga oldi

Fransiyadagi dunyoga mashhur Luvr muzeyi o‘zining tarixiy Apollon galereyasini yana tashrif buyuruvchilar uchun ochdi. Biroq galereya bu safar...

Vulture Gollivudning eng kuchli 100 rejissyorini e’lon qildi

Vulture jurnali Gollivudning eng nufuzli 100 nafar rejissyor reytingini e’lon qildi. Roʻyxatning birinchi pogʻonasini britaniyalik rejissyor Kristofer Nolan...