Xonanda Dua Lipa Buyuk Britaniyaning 30 yoshgacha bo‘lgan eng badavlat mashhurlari reytingida birinchi o‘rinni egalladi

Share post:

Pop musiqasi bilan mashhur bo‘lgan xonanda Dua Lipa 2025-yilga kelib Buyuk Britaniya va Irlandiyada 30 yoshgacha bo‘lgan eng muvaffaqiyatli yulduzga aylanishi bilan tanilgan. Uning boyligi 165,1 million dollarga baholanmoqda. Bunga xonandaning Radical Optimism nomli gastrol sayohatidan olingan daromad, shuningdek, Porsche va Versace bilan amalga oshirgan hamkorligi sababli bo‘lmoqda.

30 yoshgacha bo‘lgan eng boy britaniyalik va irlandiyalik mashhurlarning Top-30 ro‘yxatiga yangi qo‘shilganlar orasida qo‘shiqchi Xolli Xemberstoun, aktrisa Anya Teylor-Joy va aktyor Leo Vudoll ham bor.

«Sevgi oroli» (Love Island) shousining sobiq ishtirokchisi va «Strictly Come Dancing» raqs shousi yulduzi Ember Devis 29 yoshida 2,17 million dollar boylik bilan 30-o‘rinni egalladi.

Ikkinchi o‘rinni esa, Tom Holland egallab, u 2025-yil davomida 47,4 million dollar daromad topgan. Uning daromadining asosiy manbai «O‘rgimchak odam» filmi va o‘zining alkogolsiz Bero pivosi savdosidan kelgan.

Muvaffaqiyatli albomlari, gastrollari va Glastonberi festivalidagi qatnashuvi tufayli Lyuis Kapaldi 44,8 million dollar bilan uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Britni Spirsning albomga kiritilmagan qo‘shig‘i 25 yildan keyin chiqdi

Britni Spirs 2001-yilda Jastin Timberleyk bilan birgalikda yozgan, ammo shu paytgacha rasman e’lon qilinmagan “She’ll Never Be Me”...

Sidni Suini va Merilin Monro uzoq qarindosh ekanligi aniqlandi

“Eyforiya” seriali yulduzi Sidni Suini va Gollivud afsonasi Merilin Monro uzoq qarindosh bo‘lib chiqdi. MyHeritage platformasi o‘tkazgan yangi...

J.K. Rouling “Garri Potter” olami haqida yana ikki kitob chiqaradi

Britaniyalik yozuvchi J.K. Rouling “Garri Potter” olamiga bag‘ishlangan yana ikki kitobini taqdim etadi. Yangi nashrlar fevral oyida Bloomsbury...

Baxt izidan: Emiliya Klark va Josh Brolin yangi serialda

“Taxtlar o‘yini” yulduzi Emiliya Klark va aktyor Josh Brolin “A Roadmap to Happiness” (“Baxt sari yo‘l”) hujjatli serialida...