“Vonka” filmi ssenariy muallifi Saymon Farnabi ijodkorlar filmning davomini suratga olishni rejalashtirayotganini, biroq loyiha hozircha noma’lum muddatga qoldirilganini ma’lum qildi. Bunga bosh rol ijrochisi Timoti Shalamening tig‘iz ish jadvali sabab bo‘lgan.
Shalame “Vonka” filmi chiqqanidan so‘ng “Mutlaqo begona” va “Marti Superb” filmlaridagi rollari uchun “Oskar” mukofotiga ikki marta nomzod bo‘lgan.
Farnabi aytishicha, Timoti Shalame sikvelda rol o‘ynashni xohlaydi, lekin hozircha vaqt masalasi va keyingi ishlarida aynan nima qilishini aniq bilmayapti.
“Vonka” 2023-yilda ekranlarga chiqqan. Film “Charli va shokolad fabrikasi” hikoyasining prekvelli bo‘lib, unda Villi Vonkaning yoshlik davri tasvirlanadi. Syujet markazida shirinliklar do‘konini ochish orzusida katta shaharga kelgan yosh ixtirochi va sehrgarning sarguzashtlari turadi.
Filmga tomoshabinlar qiziqishi yuqori bo‘lgan. Jumladan, Telegram asoschisi Pavel Durov “Vonka”ni 2023-yilning sevimli filmi deb atagan.

