Teylor Svift yangi albomini taqdim etdi: “The life of a showgirl”

Share post:

O‘tgan dushanba kuni Teylor Svift ashaddiy muxlislarini hayratda qoldirdi — u yangi albomi “The Life Of A Showgirl” haqida e’lon qilishidan oldin maxsus “countdown”ni (orqaga sanash) boshladi.

35 yoshli pop yulduzining rasmiy sayti dastlab yaltirab turgan to‘q sariq fon ustida sanash vaqtini va shifrlangandek ko‘ringan yozuvni ko‘rsatdi: “12-avgust, soat 12:12 da tugaydi (ET)”. Albomning aniq chiqish sanasi hali tasdiqlanmagan.

Sanash vaqti tugagach, Teylorning sayti darhol ishlamay qoldi va ko‘plab sodiq muxlislar e’londan bexabar qolishdi. Lekin uning yigiti Trevis Kelsining “podcasti”ga tegishli X sahifasida yangi albom haqidagi qisqa video lavha ulashildi.

“Men sizga nimanidir ko‘rsatmoqchi edim,” — dedi Teylor Trevisning yonida o‘tirib. Keyin u yon tomonida “TS” deb yozilgan oq qutini chiqardi.

“Bu mening mutlaqo yangi albomim — The Life Of A Showgirl,” — dedi u faxr bilan, qo‘lida albomning vinil nusxasini ko‘tarib (videoda tasvir qisman senzura qilingan edi).

Trevisning ukasi Jeyson Kelsi esa albom nomini eshitishi bilanoq hayajon bilan qichqirib yubordi.

“TS 12!” — deb xursand bo‘ldi Trevis, bu bilan albomning Sviftning o‘n ikkinchi studiya albomi ekaniga ishora qildi. Video shu yerda to‘satdan yakunlandi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Nikolаs Keyj nega Marvel filmlarini tanqid qildi?

Aktyor Nikolаs Keyj zamonaviy Marvel kinoolamini tanqid qilib, superqahramonlar haqidagi filmlarda hikoya va qahramonlar rivojidan ko‘ra jang sahnalariga...

“Forsaj” asosida teleserial suratga olinadi

Peacock striming platformasi mashhur “Forsaj” (“Fast & Furious”) franshizasi asosida teleserial suratga olishni buyurtma qildi. Loyiha ustidagi ishlar...

The New York Times: “Mashaqqatlar sari “— XXI asrning eng yaxshi seriali

Televideniye sohasi vakillari ishtirokida XXI asrda namoyish etilgan eng yaxshi seriallar reytingi tuzildi. Tanlovda aktyorlar, ssenariynavislar, rejissorlar va...

Jim Kerri yashirincha turmush qurdi

Gollivud aktyori Jim Kerri uzoq yillik sevgilisi Min Xa bilan turmush qurgani aytilmoqda. Bu haqda People nashri juftlikka yaqin manbalarga tayanib...