Taylor Sviftning turmush o‘rtog‘i firibgarlik qurboni bo‘ldi

Share post:

Amerikalik investitsiya maslahatchisi Siddxartxa Javahar firibgarlikda ayblanib, 11 yilga qamoq jazosiga hukm qilindi. Uning jabrlanuvchilari orasida Teylor Sviftning turmush o‘rtog‘i, futbolchi Trevis Kelsi ham bor.

Forbes ma’lumotiga ko‘ra, Kelsi Javahar hammuassislaridan biri bo‘lgan Swiftarc Venture Labs fondiga pul tikkan. Maslahatchi yangi mijozlardan olgan pullari hisobidan avvalgi investorlarga daromad bergan. Shuningdek, mijozlarga soxta hisobotlar ko‘rsatib, pullarning bir qismini hashamatli hayotiga sarflagan.

Trevis Kelsining bu ishda jabrlanuvchi ekani sudda qisqacha aytilgan. Ammo futbolchi qancha pul yo‘qotgani ma’lum qilinmagan.

Eslatib o‘tamiz, Taylor Svift va Trevis Kelsi 2026-yil iyul oyida turmush qurishgan. Ularning to‘yi yilning eng ko‘p muhokama qilingan voqealaridan biri bo‘lgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

“Qasoskorlar: Intiho” qayta namoyishda rekord natija ko‘rsatdi

Disney va Marvel Studios tomonidan qayta namoyish etilgan “Qasoskorlar: Intiho” filmi jahon prokatida $86 million daromad olib, qayta...

Jonni Depp yangi trillerda: “Abadiy sayyoh”dan ilk lavhalar

Lionsgate Jonni Depp va Penelopa Kruz bosh rollarni ijro etgan “Abadiy sayyoh” trillerining ilk tizerini taqdim etdi. https://youtu.be/inMaA9KhtrU?si=Bw6pvIc6g3tJvVTO Filmni “Yozning...

Amir Temur haqidagi film xalqaro tanlovda mukofotlandi

“Amir Temur: Bolalik davri” filmi Venetsiyada o‘tkazilgan “AI Film Awards” xalqaro tanlovida eng yuqori mukofotlardan biriga loyiq ko‘rildi. Sun’iy...

Oksana Samoylova Jigan bilan nega ajrashmoqchi?

Oksana Samoylova Jigan bilan munosabatlari va ajrashish qaroriga sabab bo‘lgan voqealar haqida gapirdi. Samoylovaning aytishicha, oiladagi muammolar 2020-yilda boshlangan....