Sidney Suini “hammom sovuni” tanqidiga qo‘pol javob qaytardi

Share post:

Suini bu yil cho‘milgan suvidan ishlab chiqarilgan cheklangan miqdordagi sovunni sotuvga chiqargan edi.

Sidney Suini hammom suvi bilan sovun qilgani uchun olgan tanqidlarga javob berdi. Sovun virusdek tarqalib ketib, darhol sotib tugatilgan edi.

 “Sizdan boshqa hech kim” (Anyone But You) filmidagi aktrisa chorshanba kuni The Wall Street Journal’da chop etilgan intervyusida Gollivuddan tashqaridagi qo‘shimcha ishlaridan so‘zlab berdi. Bular “Miu Miu” sumkalarini sotishdan tortib cheklangan miqdorda sovun chiqarishgacha boradi.

Sidney gazeta bilan suhbatda sovun ilk marta e’lon qilinganda olgan salbiy munosabatlarni kutmaganini aytdi. “Odamlar nima deyayotganini kuzatish muhim chunki hamma narsa xaridorlar bilan suhbat tusini oladi,” dedi u.

Sovun haqida fikr bildirganlarning aksariyati ayollar edi va men buni haqiqatan ham qiziq deb bildim.

Hammalari Jeykob Elordining hammom suvi g‘oyasini juda yoqtirishgan edi.

Sidney “Dr. Squatch” sovuni chiqarilgan vaqtda muxlislar talabi bilan ishlab chiqarilganini aytgandi.

Sidney “Bathwater Bliss” sovuni haqida: “Muxlislaringiz hammom suvingizni so‘ray boshlaganda, yo buni e’tiborsiz qoldirasiz, yo uni “Dr. Squatch” sovuniga aylantirasiz”, degan edi.

Iyun oyida 8 dollarlik sovundan atigi 5 ming dona ishlab chiqarilib sotilgan, eBay’da esa tezda 100 dan 2 ming dollargacha narxlarda savdoga qo‘yilgan.

Journal’ga ko‘ra, sovun hozir ikkilamchi bozorda taxminan 1500 dollarga sotilmoqda.

Bu oy esa Sidney “American Eagle” reklamlarida suratga tushgani sababli boshqa bir bahsga aralashdi.

Aktrisa cheklangan miqdorda chiqarilgan keng paxtali “The Sydney Jean” modeli taqdimotini ham o‘z ichiga olgan kampaniya uchun ko‘plab foto va videolarda qatnashdi. Ulardan ba’zilarida u jinsi kurtka va jinsi shim kiygan holda, jinsi haqida hazilomuz shior yozilgan posterini artayotgani tasvirlangan. Dastlab “Sidney Suinida Ajoyib Genlar Bor” iborasi ishlatilgan bo‘lsa ham oxirgi so‘z keyinchalik ustidan chizilib “Jinsi Shim” (Jeans) deb o‘zgartirilgan. Xuddi shu shior kampaniyaning deyarli barcha reklamalarida joy olgan.

Internetda tanqid bildirganlar, “yaxshi genlar” va “ajoyib genlar” kabi iboralar o‘tmishda evgenistlar tomonidan qo‘llanilganini eslatdi. Evgenistlar inson zotini tanlab ko‘paytirish orqali genetik jihatdan yaxshilash mumkinligiga ishonishgan.

Reklama chiqqanidan so‘ng “American Eagle” keskin tanqidlarga javoban Instagram’da bayonot berdi. Chakana sotuvchi: “Sidney Suinida  Ajoyib Jinsilar Bor” shiori jinsi shimlarga oid edi va har doim shunday bo‘lgan”, deb yozdi.

Uning jinsi shimlari. Uning hikoyasi.Ammo Journal’ning mazkur bahsga oid savoliga Sidney izoh berishdan bosh tortdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Lola Eltoyeva xalqaro mukofotga sazovor bo‘ldi

Istambulda TURKSOY Xalqaro teatr mukofotlarini topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. O‘n birinchi bor tashkil etilgan mazkur nufuzli xalqaro...

BLACKPINK a’zosi Jenni Koreyada Iroq elchixonasi binosini sotib oldi

Xonanda hozirda Janubiy Koreyada Iroq elchixonasi joylashgan binoning egasi bo‘ldi. Sports Chosun ma’lumotiga ko‘ra, Korea Economic TV’ga tayanib,...

Britni Spirs o‘z qo‘shiqlari huquqini 200 mln dollarga sotdi

Jahon pop musiqasi yulduzi Britni Spirs o‘zining qo‘shiqlari huquqini Primary Wave nashriyotiga sotgani haqidagi xabarlar shou-biznes olamida katta...

Afra Saracho‘g‘li 13 yoshidan beri ko‘rmagan otasi bilan yarashdi

Turkiyalik mashhur aktrisa Afra Saracho‘g‘li allaqachon otasi bilan munosabatlarini tiklagan edi, biroq buning rasmiy tasdig‘i faqat 2026-yil yanvar...