“Hind Rajabning ovozi”: Venetsiyada rekord olqish va “Oskar” sari yo‘l

Share post:

Venetsiya kinofestivalida 3-sentabr kuni oʻtgan yili Gʻazoda isroillik harbiylar tomonidan otib oʻldirilgan besh yoshli qiz haqidagi yurakni ezuvchi film namoyish etildi. “Hind Rajabning ovozi” deb nomlangan kartinani tomoshabinlar premyeradan soʻng 23 daqiqa davomida tik oyoqqa turib olqishladi.

Tunislik rejissyor Ben Xaniya tomonidan suratga olingan film tanqidchilar tomonidan “bu yilgi festivalning eng kuchli va dolzarb asari” sifatida baholandi.

Film syujeti 2024-yil yanvarida Gʻazo vayronalari orasida mashinada qamalib qolgan besh yoshli Hind Rajabning soʻnggi, iztirobli qoʻngʻirogʻiga asoslangan. Qarindoshlarining jasadlari yonida yolgʻiz tirik qolgan qizaloq oʻrindiq ostida yashiringan holda Falastin Qizil Yarim Oy jamiyatiga murojaat qiladi. Biroq na u, na uni qutqarishga chiqqan shifokorlar hayotini saqlab qolishdi – barchasi isroillik harbiylar tomonidan o‘ldirildi. Ben Haniya voqeani real dispetcher audio yozuvlari asosida qayta tiklaydi.

Film ijrochi prodyusserlari Bred Pitt, Hoakin Feniks, Alfonso Kuaron, Runi Mara, Jonatan Gleyzerlardir.

Venetsiyada namoyishdan so‘ng filmni rekord darajada uzoq olqishlashdi. Tunis ushbu filmni “98-Oskar” (2026) uchun “Eng yaxshi xalqaro film” nominatsiyasiga rasmiy ravishda milliy nomzod sifatida tanladi. Bu qaror Venetsiyadagi rezonansdan so‘ng e’lon qilindi va filmning global auditoriyaga yo‘l topish umidlarini oshirdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

BTS nega “Gremmi”da ishtirok etmaydi?

Janubiy Koreyaning mashhur BTS guruhi bu yil “Gremmi” mukofotiga nomzodini qo‘ymasligini ma’lum qildi. Bunga mukofot tashkilotchilarining koreys, yapon...

Ariana Grande nega xakerlarni sudga berdi?

Amerikalik xonanda Ariana Grande shaxsiy ma’lumotlari va hali e’lon qilinmagan ijodiy materiallarini o‘g‘irlagan xakerlarga qarshi sudga murojaat qildi....

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...

Kristofer Nolan nega romantik komediya suratga olmaydi?

Odatda ilmiy-fantastik va murakkab syujetli filmlari bilan tanilgan rejissyor Kristofer Nolan nega romantik komediya janriga qo‘l urmasligini ma’lum...