Lola Eltoyeva xalqaro mukofotga sazovor bo‘ldi

Share post:

Istambulda TURKSOY Xalqaro teatr mukofotlarini topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

O‘n birinchi bor tashkil etilgan mazkur nufuzli xalqaro tadbirda tashkilotga a’zo davlatlarning teatr san’ati sohasida samarali faoliyat yuritib kelayotgan taniqli ijodkorlari 2025-yil yakunlariga ko‘ra turli nominasiyalar bo‘yicha taqdirlandi.

Quvonarli jihati shundaki, mamlakatimizdan O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktrisasi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Lola Eltoyeva “Eng yaxshi teatr aktrisasi” yo‘nalishida xalqaro mukofotni qo‘lga kiritdi.

Har yili Xalqaro Anadolu teatr mukofotlari doirasida o‘tkaziladigan mazkur marosim turkiy dunyo teatrlari o‘rtasidagi ijodiy hamkorlikni mustahkamlash, umumiy madaniy merosni sahna san’ati orqali namoyon etish va teatr sohasidagi aloqalarni rivojlantirishni ko‘zda tutadi.

Aktrisamiz bilan birga, shuningdek, Qozog‘istondan Erenbak Toykenov “Eng yaxshi teatr rejissyori”, Qirg‘iz Respublikasidan Sadir Niyazaqunov “Eng yaxshi sahna rassomi”, Ozarbayjondan Ali Emirli “Eng yaxshi dramaturg”, Turkmanistondan Batir Chariyev “Eng yaxshi teatr aktyori” nominasiyalari bo‘yicha e’tirof etildi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

“Lilo va Stich 2” hamda “Superoila 3” chiqish sanalari e’lon qilindi

The Walt Disney Company studiyasi uzoq kutilgan ikki animatsion loyiha — “Lilo va Stich 2” hamda “Superoila 3”...

Madonna 24 yildan so‘ng yana serialda rol o‘ynaydi

Amerikalik xonanda Madonna 24 yildan so‘ng yana kino industriyasiga qaytib, muxlislarini xursand qilmoqchi. U “The Studio” serialining ikkinchi...

So‘ngi 10 yil ichida “Oskar” olgan eng yaxshi filmlar

10 yil ortga nazar tashlaymiz va shu davr ichida “Eng yaxshi film” nominatsiyasida “Oskar”ni qo‘lga kiritgan filmlarni eslab...

“Dyuna 3” filmining ilk treyleri chiqdi

“Dyuna 3” muxlislari uchun kutilgan yangilik — filmning birinchi treyleri taqdim etildi. “Dyuna 3” hikoyasi avvalgi qism voqealaridan davom...