Shohrux Xon – Bollivudning ilk milliarderi

Share post:

Bollivudning eng mashhur yulduzlaridan biri bo‘lgan Shohrux Xon Hindiston tarixida ilk bor milliarderlardan biri sifatida qayd etildi. Uning boyligi 1,4 milliard dollar deb baholanmoqda. Bu haqda Hurun India Rich List 2025 va Forbes ma’lumotlarida keltirilgan.

Shohrux Xonning boyligi Rianna va Tayger Vuds (har ikkisining boyligi 1,4 mlrd dollar) darajasida. Ammo u Teylor Svift (1,6 mlrd dollar) va Kim Kardashian (1,7 mlrd dollar)dan biroz pastroq o‘rinda turadi.

Hurun ro‘yxati mualliflari ta’kidlashicha, Xonning milliarderlarga qo‘shilishi Hindiston iqtisodiyotida yangi bosqich boshlanayotganidan dalolat. Endi boylik manbalari nafaqat an’anaviy sohalar — ishlab chiqarish, IT va bank ishi, balki sport, ko‘ngilochar soha va intellektual mulkka asoslangan biznesdan ham shakllanmoqda.

Shohrux Xon 30 yildan ortiq faoliyati davomida:

  • o‘zining Red Chillies Entertainment kinoprodakshn kompaniyasi,
  • kriket klubi Knight Rider Sports,
  • ko‘plab filmlar va reklama kontraktlari,
  • shuningdek, ko‘chmas mulkka investitsiyalar orqali boylik orttirgan.

Shohrux Xon nafaqat Hindiston, balki butun dunyoda mashhur. Uning kino olamidagi xizmatlari, biznesdagi muvaffaqiyatlari va milliarderlarga kirishi uni global miqyosdagi eng ta’sirli san’atkorlardan biriga aylantirdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

BTS nega “Gremmi”da ishtirok etmaydi?

Janubiy Koreyaning mashhur BTS guruhi bu yil “Gremmi” mukofotiga nomzodini qo‘ymasligini ma’lum qildi. Bunga mukofot tashkilotchilarining koreys, yapon...

Ariana Grande nega xakerlarni sudga berdi?

Amerikalik xonanda Ariana Grande shaxsiy ma’lumotlari va hali e’lon qilinmagan ijodiy materiallarini o‘g‘irlagan xakerlarga qarshi sudga murojaat qildi....

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...

Kristofer Nolan nega romantik komediya suratga olmaydi?

Odatda ilmiy-fantastik va murakkab syujetli filmlari bilan tanilgan rejissyor Kristofer Nolan nega romantik komediya janriga qo‘l urmasligini ma’lum...