Sergey Yesenin memorial muzeyida qanday ta’mirlash ishlari rejalashtirilgan?

Share post:

Toshkentdagi Sergey Yesenin memorial muzeyida olib borilayotgan ta’mirlash-tiklash ishlari yuzasidan jamoatchilik va OAV vakillariga ma’lumot berildi.

16-sentabr kuni muzeyda Madaniy meros agentligi mas’ullari, mutaxassislar va OAV vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Muzeylar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarma boshlig‘i Begzod Po‘latov, Yuridik bo‘lim boshlig‘i Axadulla Axmedov hamda Madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti direktori Sanjar Aripov ishtirok etdi.

Uchrashuvda muzey binosining texnik holati, o‘tkazilgan o‘rganishlar natijalari va rejalashtirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Vizual-instrumental texnik o‘rganishlar natijasida binoning ayrim konstruktiv qismlarida shikastlanish va yemirilish holatlari aniqlangan.

Mutaxassislar buni binodan uzoq yillar davomida foydalanish, konstruksiyalarning tabiiy eskirishi va tashqi muhit ta’siri bilan izohladi. Shu sababli binoning konstruktiv barqarorligini ta’minlash va tarixiy qiyofasini saqlash uchun ta’mirlash-tiklash ishlarini amalga oshirish zarurligi qayd etildi.

Ishlar davomida tarixiy binoning madaniy qiymatini saqlash, zarur konstruktiv qismlarni mustahkamlash va isitish tizimini modernizatsiya qilish rejalashtirilgan. Shuningdek, muzey faoliyati va tashrif buyuruvchilar uchun sharoitlarni yaxshilash ko‘zda tutilgan.

Madaniy meros agentligi ta’mirlash-tiklash ishlarining borishi haqida jamoatchilik va OAVga muntazam ma’lumot berib borilishini ma’lum qildi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

“Qasoskorlar: Intiho” qayta namoyishda rekord natija ko‘rsatdi

Disney va Marvel Studios tomonidan qayta namoyish etilgan “Qasoskorlar: Intiho” filmi jahon prokatida $86 million daromad olib, qayta...

Jonni Depp yangi trillerda: “Abadiy sayyoh”dan ilk lavhalar

Lionsgate Jonni Depp va Penelopa Kruz bosh rollarni ijro etgan “Abadiy sayyoh” trillerining ilk tizerini taqdim etdi. https://youtu.be/inMaA9KhtrU?si=Bw6pvIc6g3tJvVTO Filmni “Yozning...

Amir Temur haqidagi film xalqaro tanlovda mukofotlandi

“Amir Temur: Bolalik davri” filmi Venetsiyada o‘tkazilgan “AI Film Awards” xalqaro tanlovida eng yuqori mukofotlardan biriga loyiq ko‘rildi. Sun’iy...

Oksana Samoylova Jigan bilan nega ajrashmoqchi?

Oksana Samoylova Jigan bilan munosabatlari va ajrashish qaroriga sabab bo‘lgan voqealar haqida gapirdi. Samoylovaning aytishicha, oiladagi muammolar 2020-yilda boshlangan....