Selena Gomes va onasi firibgarlikda ayblanmoqda

Share post:

Selena Gomes va uning onasi Mendi Tifi asos solgan Wondermind startapi sud da’vosiga sabab bo‘ldi. Investorlar kompaniyaga qariyb 1,2 million dollar kiritganini, biroq ularga loyiha muvaffaqiyati haqida yolg‘on ma’lumot berilganini da’vo qilmoqda.

Investorlar ta’kidlashicha, va’da qilingan hamkorliklar amalga oshmagan, ilova esa umuman yaratilmagan. Kompaniya 2025-yilga kelib moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan va xodimlar soni qariyb uchdan ikki qismga qisqargan.

Da’voda Selena Gomesning kompaniyadagi ishtiroki ham savol ostiga olingan. Investorlar uning marketing bo‘yicha rahbar sifatidagi roli haqida yetarlicha aniq ma’lumot berilmaganini aytmoqda.

Ma’lumot o‘rnida,Wondermind 2021-yilda ruhiy salomatlikni qo‘llab-quvvatlash platformasi sifatida ishga tushirilgan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

“Qasoskorlar: Intiho” qayta namoyishda rekord natija ko‘rsatdi

Disney va Marvel Studios tomonidan qayta namoyish etilgan “Qasoskorlar: Intiho” filmi jahon prokatida $86 million daromad olib, qayta...

Jonni Depp yangi trillerda: “Abadiy sayyoh”dan ilk lavhalar

Lionsgate Jonni Depp va Penelopa Kruz bosh rollarni ijro etgan “Abadiy sayyoh” trillerining ilk tizerini taqdim etdi. https://youtu.be/inMaA9KhtrU?si=Bw6pvIc6g3tJvVTO Filmni “Yozning...

Amir Temur haqidagi film xalqaro tanlovda mukofotlandi

“Amir Temur: Bolalik davri” filmi Venetsiyada o‘tkazilgan “AI Film Awards” xalqaro tanlovida eng yuqori mukofotlardan biriga loyiq ko‘rildi. Sun’iy...

Oksana Samoylova Jigan bilan nega ajrashmoqchi?

Oksana Samoylova Jigan bilan munosabatlari va ajrashish qaroriga sabab bo‘lgan voqealar haqida gapirdi. Samoylovaning aytishicha, oiladagi muammolar 2020-yilda boshlangan....