O‘zbekiston xalq artisti Yoqub Ahmedov vafot etdi

Share post:

O‘zbek Milliy Akademik drama teatri ustoz san’atkori, O‘zbekiston xalq artisti, Davlat mukofoti sovrindori, «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni sohibi, teatr, kino va dublyaj aktyori Yoqub Ahmedov 87 yoshida vafot etdi.

Yoqub Ahmedov 1938-yil 3-yanvarda Namanganda tug‘ilgan. 1959-yilda Toshkent san’at institutini tamomlab, Hamza nomidagi teatrda (hozirgi Milliy drama teatri) ijodiy faoliyat boshlagan. U “O‘tgan kunlar”, “Ketma”, “Olovli yo‘llar”, “Furqat” kabi filmlarda, shuningdek, Alisher Navoiy, Hakimboyvachcha, To‘lagan kabi rollarda tomoshabinlar qalbida o‘chmas iz qoldirgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Lola Eltoyeva xalqaro mukofotga sazovor bo‘ldi

Istambulda TURKSOY Xalqaro teatr mukofotlarini topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. O‘n birinchi bor tashkil etilgan mazkur nufuzli xalqaro...

BLACKPINK a’zosi Jenni Koreyada Iroq elchixonasi binosini sotib oldi

Xonanda hozirda Janubiy Koreyada Iroq elchixonasi joylashgan binoning egasi bo‘ldi. Sports Chosun ma’lumotiga ko‘ra, Korea Economic TV’ga tayanib,...

Britni Spirs o‘z qo‘shiqlari huquqini 200 mln dollarga sotdi

Jahon pop musiqasi yulduzi Britni Spirs o‘zining qo‘shiqlari huquqini Primary Wave nashriyotiga sotgani haqidagi xabarlar shou-biznes olamida katta...

Afra Saracho‘g‘li 13 yoshidan beri ko‘rmagan otasi bilan yarashdi

Turkiyalik mashhur aktrisa Afra Saracho‘g‘li allaqachon otasi bilan munosabatlarini tiklagan edi, biroq buning rasmiy tasdig‘i faqat 2026-yil yanvar...