Nega muxlislar Selena Gomesning yangi qo‘shig‘i Xeyli Biber haqida deb o‘ylashmoqda?

Share post:

Selena Gomesning muxlislari uning yangi albomi haqida taxminlarini bo‘lishmoqda va ba’zilari yangi qo‘shiqlaridan biri sobiq yigiti Jastin Biber va uning rafiqasi Xeyli Biber haqida deb o‘ylashmoqda.


Juma kuni 32 yoshli yulduz va uning musiqiy prodyuseri bo‘lgan bo‘lajak turmush o‘rtog‘i Benni Blanko (37 yosh) o‘zining birinchi umumiy albomi “I Said I Love You First”ni taqdim etdi. Muxlislar esa darhol qo‘shiqlarning ma’nosiga chuqurroq e’tibor qaratishni boshlashdi.

Ko‘pchilik “Don’t Take It Personally” nomli treki Selena va “Love Yourself” qo‘shig‘i bilan mashhur bo‘lgan Jastin Biber (31yosh), shuningdek, “Rhode” brendi asoschisi Xeyli Biber (28 yosh) bilan bo‘lgan o‘tmishidan ilhomlangan deb taxmin qilmoqda.

Ushbu qo‘shiqda Selena “rashk” haqida kuylaydi va unda ikki ayolning bir erkakka bo‘lgan hissiyotlari tasvirlangan.

 Selena Gomesning yangi qo‘shig‘idagi so‘zlar muxlislarni hayratda qoldirdi

Qo‘shiqning birinchi misrasida Selena shunday kuylaydi:
“Ehtimol, sening devoringda nishon taxtasi bor, o‘rtasida esa mening rasmim turibdi.”

“U endi mening yonimda uhlaydi, men uning ota-onasi bilan tanishganman – bu endi haqiqat.”

Davomida esa quyidagi so‘zlarni aytadi:

«Iltimos, buni yuragingga og‘ir olma.
Ba’zi narsalar taqdir bilan belgilangan.
Barcha energiyangni bekorga sarflama.
Ikkimiz ham u meni sevishini yaxshi bilamiz.»

«Oh, azizim, sen ham baxtga loyiqsan.
Ishonamanki, sen o‘zing uchun mukammal insonni topasan.
Iltimos, buni shaxsiy xafagarchilik sifatida qabul qilma.
Ba’zi narsalar shunchaki bo‘lishi kerak bo‘lganidek bo‘ladi.»

Qo‘shiqning boshqa qismida Selena sirli ayolni «juda go‘zal», deb ta’riflaydi va «buni qabul qilish hanuz men uchun og‘ir», deydi.

U hatto rashk tufayli “stressdan ko‘p ovqat yeyishga majbur bo‘lganini va qayg‘ularini spirtli ichimlik bilan unutishga uringanini” ham tan oldi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Beyonse — tarixdagi beshinchi milliarder musiqachi bo‘ldi

Amerikalik xonanda, aktrisa va tadbirkor Beyonse Noulz-Karter rasman tarixga kirdi — u milliarder maqomiga erishgan beshinchi musiqachi bo‘ldi....

Bugun Kim Tehyon o‘zining 30-yoshini nishonlamoqda

Kim Tehyon, dunyoga mashhur janubiy koreyalik aydol, aktyor va model, bugun 30 yoshga to‘ldi. U 1995 yil 30...

Barcha davrlarning eng mashhur Yangi yil qo‘shiqlari

Yangi yil va Rojdestvo qo‘shiqlari butun dunyoda bayramona kayfiyatni yaratadigan eng muhim musiqiy an’analardan biridir. Har yili yil...

Enn Хetеuey uchun 2026-yil haqiqiy porloq davr bo‘lishi kutilmoqda

2026-yil Enn Хetеueyning ijodiy faoliyatida eng yorqin va sermazmun davrlardan biri bo‘lishi mumkin. Aktrisa bu yil davomida bir...