Jon Galyanoning 2027-yilda “Metropoliten” muzeyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan ko‘rgazmada ishtirok etishdan bosh tortdi va bu tashkilotchilar oldida yangi vazifalarni yuzaga keltirdi. Endi tashkilotchilarda yangi yechim topish uchun atigi sakkiz oy vaqt bor.
Page Six ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘rgazma uch xil ssenariy asosida davom etishi mumkin: uni boshqa muddatga ko‘chirish, Kostyumlar institutining doimiy kolleksiyasi asosida yangi ekspozitsiya yaratish yoki tadbirni butunlay bekor qilish.
Shuningdek, Galyanoning o‘rniga boshqa mashhur dizaynerga bag‘ishlangan ko‘rgazma tashkil etish ehtimoli ham muhokama qilinmoqda. Xususan, Vivyen Vestvud, Alexander McQueen va TyerI Myugler nomlari tilga olinmoqda.
Hozircha “Metropoliten”muzeyi va Anna Vintur yakuniy qarorni e’lon qilmagan. Ko‘rgazmaga bag‘ishlangan gala kechasi 2027-yil 3-may kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi.

