“Maydondagi ko‘k traktor” («Синий трактор») qanday qilib xitga aylandi

Share post:

Bugungi kunda “Maydondagi ko‘k traktor” ( «Синийтрактор») bolalar orasida eng mashhur multseriallardan biri hisoblanadi. U nafaqat qo‘shiqlari, balki sodda syujeti va esda qoladigan obrazi bilan kichkintoylar qalbidan joy olgan. Biroq ushbu loyiha aniq qachon yaratilgani, kim tomonidan ishlab chiqilgani va qanday qilib milliardlab tomoshalarga yetgani ko‘pchilikka qiziq.

“Maydondagi ko‘k traktor” («Синийтрактор») loyihasi 2014-yilda yaratilgan. Uning muallifi va g‘oya asoschisi — Artur Dneprovskiy, u bolalar uchun mo‘ljallangan raqamli kontent yaratishga ixtisoslashgan ijodkor sifatida tanilgan. Loyiha Big Papa studiyasi tomonidan ishlab chiqilgan.

Multserial musiqalari esa bastakor Artyom Kolpakov tomonidan yozilgan. Aynan uning sodda, ritmik va takrorlanuvchi ohanglari «Ko‘k traktor»ning asosiy muvaffaqiyat omillaridan biriga aylandi.

Loyiha keng ommaga 2015-yilda chiqdi. Aynan shu yili YouTube platformasida “Traktor ketyapti” («Едет трактор») nomli epizod e’lon qilindi. Undagi mashhur «По полям, по полям…» qo‘shig‘i juda qisqa vaqt ichida virusli tarqaldi.

Mazkur video bir necha yil ichida 1,5 milliarddan ortiq marta ko‘rildi, bu esa uni bolalar kontenti orasida rekord darajadagi natijalardan biriga aylantirdi. Qo‘shiq nafaqat bolalar, balki kattalar orasida ham memlar, remikslar va parodiyalar orqali mashhur bo‘lib ketdi.

Loyiha mualliflari boshidan boshlab 0–3 yoshli bolalar auditoriyasini nishonga olgan. Shuning uchun so‘zlar juda sodda, harakatlar sekin va tushunarli, ranglar yorqin, lekin ko‘zni charchatmaydi va takrorlanish esa bolalarning xotirasini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, traktor obrazi ko‘plab bolalar uchun tanish va qo‘rqinchli emas, aksincha, do‘stona qahramon sifatida tasvirlangan.

“Maydondagi ko‘k traktor” («Синий трактор»)ningmuvaffaqiyati — bu aniq rejalashtirilgan kontent, yosh bolalar psixologiyasiga mos yondashuv va raqamli platformalardan to‘g‘ri foydalanish natijasidir. 2014 yilda yaratilgan oddiy multfilm bugun milliardlab tomoshaga ega bo‘lgan global bolalar brendiga aylangan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

“Homay” xiti ijrochisi Adel Shayxitdinova turmushga chiqdi

“Homay” qo‘shig‘i bilan tanilgan xonanda Adel Shayxitdinova Aleksey Xayrov bilan turmush qurdi. Juftlik 3-oktyabr kuni Ufadagi FHDYO bo‘limida...

“Digger” — Tom Kruzning eng past baholangan filmi

Alejandro Gonsales Inyarritu rejissyorligidagi, Tom Kruz bosh rolni ijro etgan “Digger” komediyasi tomoshabinlardan kutilgan bahoni ololmadi. Film CinemaScore...

Nikolas Keyj nega Marvel filmlarini tanqid qildi?

Aktyor Nikolаs Keyj zamonaviy Marvel kinoolamini tanqid qilib, superqahramonlar haqidagi filmlarda hikoya va qahramonlar rivojidan ko‘ra jang sahnalariga...

“Forsaj” asosida teleserial suratga olinadi

Peacock striming platformasi mashhur “Forsaj” (“Fast & Furious”) franshizasi asosida teleserial suratga olishni buyurtma qildi. Loyiha ustidagi ishlar...