London kinofestivalidagi yorqin premyeralar va kutilmagan imijlar

Share post:

Britaniya kino institutining 69-kinofestivali 8–19-oktabr kunlari Londonda bo‘lib o‘tdi va dunyo kinematografiyasining eng yorqin vakillarini bir joyga jamladi. Bu tadbir nafaqat kino, balki moda bayramiga ham aylandi.

Festivalning eng kutilgan voqealaridan biri italiyalik rejissyor Luka Guadagninoning “Ovdan keyin” (After the Hunt) nomli psixologik trilleri premyerasi bo‘ldi. Filmda birinchi darajali yulduzlar — Juliya Roberts, Endryu Garfild va yangi ishtirokchi Ayo Edebiri rol o‘ynashgan.

Luka Guadagnino qora shim va yirik tugmachali pidjak-kamzuldan iborat nafis obraz tanladi. Pidjak ostidan ko‘rinib turgan osmon moviy ko‘ylak esa uslubga o‘ziga xoslik qo‘shdi.

Juliya Roberts mukammal didini namoyish etib, erkaklarcha qirqimdagi qora kostyumda paydo bo‘ldi. Ikki tugmasi yechilgan oq ko‘ylak va qatlamli taqinchoq “power dressing” uslubini mukammal to‘ldirdi.

Endryu Garfild esa keng bichimli kulrang pidjak, qora ko‘ylak va nafis keng shimlar bilan zamonaviy ko‘rinishga erishdi.

Ayo Edebiri oq libos tanladi — u aktyorisaning tabiiy go‘zalligini yanada yorqinroq ochib, teri rangi bilan ajoyib kontrast hosil qildi.

Yorgos Lantimosning yunoncha qora komediyasi “Bugonia” ham eng kutilgan premyeralardan biri bo‘ldi. Filmda Emma Stoun va Jessi Plemons bosh rollarda suratga tushishgan. Syujetda fitnachilar guruhi yirik korporatsiya rahbarini o‘g‘irlab ketishadi, chunki ularning fikricha, bu ayol aslida insoniyatni yo‘q qilishni rejalashtirayotgan begona sayyoralikdir.

Rejissyor Yorgos Lantimos qizil yo‘lak uchun bordo rang kostyum va yorqin to‘q sariq ko‘ylak tanlab, unutilmas ko‘rinish yaratdi.

Emma Stoun esa xantal rangdagi libosda chiqish qildi — bu rang uning tabiiy go‘zalligini, asal tusidagi sochlari va oppoq tanasini yanada ajratib ko‘rsatdi.

Jessi Plemons rafiqasi Kirsten Dunst bilan birga keldi. Ular elegant qora kiyimlarni tanlashdi. Kirsten uzun qora ko‘ylakda nafis va nozik qomatini ta’kidladi.

Skandinaviyalik rejissyor Joakim Trierning norvegcha dramasi “Affeksjonsverdi” (Sеntimental qimmat) ham tomoshabinlar e’tiborini tortdi. Filmda Renate Reinsve, Stellan Skarsgård va Elle Fanning suratga tushishgan.

Rejissyor Joakim Trier qora kostyum va futbolkadan iborat soddaligi bilan ajralib turdi. Renate Reinsve esa qo‘g‘irchoq uslubidagi keng yelkali top va “suv parisi” shaklidagi uzun yubkada chiqdi. Stellan Skarsgard qora vodolazka va kostyumda, o‘zining mukammal didini yana bir bor ko‘rsatdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Deniyel Redkliff o‘g‘lining aktyor bo‘lishini istamaydi

“Garri Potter” filmidagi bosh roli bilan tanilgan britaniyalik aktyor Deniyel Redkliff o‘g‘lining aktyorlik kasbini tanlashini istamasligini aytdi. Bu...

O‘zbekistonda “Gruziya madaniyati kunlari” bo‘lib o‘tadi

Poytaxtimizda 9-10-mart kunlari “Gruziya madaniyati kunlari” bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Madaniyat kunlari davomida “Gruziya madaniyati kunlari”ning rasmiy ochilish marosimiga bag‘ishlangan...

Pi Diddi jazo muddatidan oldin ozod qilinadi

Hozirda aktyor Pi Diddi “Fort-Dix” jazoni o‘tash markazida saqlanmoqda. Amerikalik reper va musiqiy magnat Shon Kombs jazo muddatini qisqartirish...

Ketrin O’Hara vafotidan so‘ng eng yaxshi roli uchun mukofotlandi

Yakshanba kuni AQSh Rejissyorlar Gildiyasi mukofotlari topshirish marosimida marhuma aktrisa Ketrin O’Hara vafotidan so‘ng e’tirof etildi. U “Komediyaviy...