KALAXARI – SAFARINI YOQTIRADIGANLAR UCHUN AJOYIB MANZIL

Share post:

Kalahari cho‘li oltita davlat hududida joylashgan bo‘lib, atrofidagi havzalar bilan birga 2,5 million km² maydonni egallaydi va dunyodagi eng katta qumli hudud hisoblanadi. Cho‘lning Janubiy Afrika Respublikasi va Botsvana hududidagi 38 ming km²lik qismi Kgalagadi Chegara Milliy Bog‘ini tashkil etadi. Milliy bog‘ning asosiy yo‘llari qurib qolgan Nossob va Auob daryolarini bog‘lab turadi.

Keng daryo o‘zanining ikkala tomonida quyosh nuri ta’sirida qizil rangga kirgan qum tepalari va orasida oq toshlardan yasalgan tepaliklar cheksiz maydonga cho‘zilib ketadi. Cho‘lning sehrli tabiati aynan shu cheksizlik hissi orqali insonlarga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi.

Kalaxari – hayot to‘la bo‘lgan cho‘l

Cho‘l deyishga qarab, bu joyda hayot yo‘q deb o‘ylamang! Kalaxari — yovvoyi hayotning chinakam xazinasi. Bu yer har qadamda sizni hayratga soladigan tabiiy mo‘jizalar bilan kutib oladi. Qorovuldek hushyor yirtqichlardan tortib, mayda, qiziqarli jonzotlargacha, katta antilopa surilarigacha jami 80 turdagi sutemizuvchi hayvonlar yashaydi. Bundan tashqari, turli xil sudraluvchilar va 240 dan ortiq qush turi ham shu yerda makon topgan.

Afrikaning eng chiroyli antilopalari bu yerda to‘plangan — katta-yu kichik, nafis va kuchli turlari tongda va kechqurun qumtepliklarda yurib go‘yo bir san’at asarini yaratadi. Tuyaqushlar chang-to‘zonli yerda balerina kabi harakat qiladi. 

Tulki va bo‘ri oilalarini kuzatish esa ko‘zni qamashtiradigan manzara. Yana bir ko‘p uchraydigan hayvon — bu qudratli yirtqich qushlar.

Ammo Kalaxarining eng hayratlanarli tomoni — bu uning mushuksimon yirtqichlari:

  • Qora yungli sherlar
  • Chiroyli va chaqqon gepardlar
  • Leopardlar
  • Yovvoyi mushuklar va qoplonlar

Shuningdek, to‘quvchi qushlar tomonidan qurilgan katta qush inlari — dunyodagi eng yirik va eng gavjum qush inlaridan hisoblanadi. Bu inlar ichida yuzdan ortiq qush oilasi yashaydi va ba’zilarining qurilganiga  hatto I asrdan ham oshgan.

Bu cheksiz makonda ziddiyatlar ko‘p uchraydi.
Tongda hammayoq mayin va sokin. Havo salqin, ranglar o‘zgacha, tabiat esa go‘yo uyquda. Ammo bir zumda hammasi o‘zgaradi. Quyosh charaqlab chiqadi, bir zumda soyalar tushadi, tabiatning chiziqlari ham dag‘allashadi. Kun botishida esa yana yorug‘lik, ranglar uyg‘unligi va soya o‘z o‘yinini boshlaydi.Iqlim esa o‘zgaruvchanligi bilan ajralib turadi. Bir qarashda tinch va iliq ko‘ringan kun to‘satdan keskin sovib, havo o‘zgarib ketadi.
Ushbu beg‘ubor va yovvoyi tabiat, inson qadami yetib borgan qumlar olami— safarini yoqtiradiganlar uchun chinakam orzudagi manzil bo‘lishi aniq!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

BLACKPINK guruhi a’zosi Lisa “Taygo” filmida rol o‘ynaydi

5-dekabr kuni Netflix o‘zining yangi sarguzashtli blokbasteri — “Extraction: Taigo” filmi ishlab chiqarishga tayyorgarlik jarayonlari yakunlanganini tasdiqladi. Bosh...

Otlar paradiga marhamat

6-dekabr 15:00 da O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan Toshkentda Milliy gvardiya rahbarligida otlar paradi...

Dunyo yulduzi Jeki Chan O‘zbekistonda: tashrif ehtimoli muhokamada

Afsonaviy aktyor Jeki Chan O‘zbekistonga tashrif buyurishi kutilmoqda. Tashrifning asosiy sabablaridan biri Chan ishtirokidagi “Mo‘jizaviy aslahalar” filmining yangi...

Kinomatografiya tarixidagi 8 ta mashhur libos

1.“Mening adolatli xonimim”, 1964-yilSesil Biton film qahramoni Odri(Eliza Dulittl) uchun yaratgan. 2.“Qutqarish”, 2007-yilUshbu libosni fildagi qahramon Kira Naytli uchun...