K-pop guruhining a’zosi Bain AQShdagi konsertda o‘z jinsiy orientatsiyasini xalqqa oshkor etdi

Share post:

K-pop guruhining  a’zosi Bain o‘zini “LGBT vakili bo‘lishdan faxrlanaman” deb tan oldi.

Bu san’atda kam uchraydigan holat, chunki bu sohada san’atkorlarning xulq-atvori ustidan qat’iy nazorat bor va yulduzlar odatda shaxsiy hayotlarining, ayniqsa munosabatlarining tafsilotlarini sir saqlaydilar. Bain esa o‘zini ommaga oshkor qilishga qaror qilgan. 

Bainning bu e’loniga muxlislar ijtimoiy tarmoqlardagi izohlari bilan javob berishdi, masalan: “Seni juda yaxshi ko‘raman. Sening muxlising bo‘lganimdan faxrlanaman. O‘zingni kim ekanliging bilan faxrlan.”

Janubiy Koreyada o‘z jinsiy orientatsiyasini ochiq aytish juda ham kam uchraydigan holat hisoblanadi. Besoqolbozlik mamlakatda noqonuniy bo‘lmasa ham u hali ham odatiy holat emas va bir jinsli nikoh qonuniy ravishda tan olinmaydi.

2022-yilgi Inson Huquqlari Xalqaro Tashkiloti hisobotida Janubiy Koreyada LGBT shaxslariga qarshi diskriminatsiya keng tarqalganligi ta’kidlangan.


Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Lola Eltoyeva xalqaro mukofotga sazovor bo‘ldi

Istambulda TURKSOY Xalqaro teatr mukofotlarini topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. O‘n birinchi bor tashkil etilgan mazkur nufuzli xalqaro...

BLACKPINK a’zosi Jenni Koreyada Iroq elchixonasi binosini sotib oldi

Xonanda hozirda Janubiy Koreyada Iroq elchixonasi joylashgan binoning egasi bo‘ldi. Sports Chosun ma’lumotiga ko‘ra, Korea Economic TV’ga tayanib,...

Britni Spirs o‘z qo‘shiqlari huquqini 200 mln dollarga sotdi

Jahon pop musiqasi yulduzi Britni Spirs o‘zining qo‘shiqlari huquqini Primary Wave nashriyotiga sotgani haqidagi xabarlar shou-biznes olamida katta...

Afra Saracho‘g‘li 13 yoshidan beri ko‘rmagan otasi bilan yarashdi

Turkiyalik mashhur aktrisa Afra Saracho‘g‘li allaqachon otasi bilan munosabatlarini tiklagan edi, biroq buning rasmiy tasdig‘i faqat 2026-yil yanvar...