Mashhur britaniyalik aktrisa Jyuli Endryus “Bridjertonlar” serialidagi Ledi Uistler obraziga bergan ovozi uchun ikkinchi yil ketma-ket “Emmi” mukofotini qo‘lga kiritdi.
90 yoshli aktrisa 6-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan 2026-yilgi Creative Arts Emmy marosimida “Eng yaxshi personaj ovoz ijrosi” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi. Endryus marosimda qatnashmagan, mukofotni uning nomidan taniqli dublyaj aktyori Erik Bauza qabul qilgan.

Qiziq jihati shundaki, Endryus yaqinda ekrandagi aktyorlik faoliyatini deyarli yakunlaganini ma’lum qilgan. U hozir kitob yozish, podkast va ovozli loyihalarda ishlashni afzal ko‘rmoqda.
Shuningdek, aktrisa uning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan hujjatli filmda ham ishtirok etadi. Film 2027-yilda Disney+ platformasida namoyish etilishi kutilmoqda.

