Jorjo Armani haqida biopik film suratga olinmoqda

Share post:

Italiyalik produser Andrea Iervolino moda afsonasi Jorjo Armani haqida biografik film tayyorlamoqda. Kinorejissyorning aytishicha, bu film barcha italiyaliklar uchun faxr manbaiga aylanadi.

“Lamborgini: Inson-afsona”, “Ferrari” filmlarini suratga olgan Andrea Iervolino moda giganti Jorjo Armani haqida biografik filmni e’lon qildi. Produserning so‘zlariga ko‘ra, loyiha yaqinda, modelyer vafotidan keyin (Armani 4-sentyabr kuni 91 yoshida jigar yetishmovchiligi oqibatida vafot etdi) boshlangan emas, balki bir necha oydan beri ishlab chiqilmoqda va bu “jahon modasining eng buyuk novatorlaridan biri hamda italyanliklikning so‘nmas ramziga hurmat bajo keltirish istagi”dan tug‘ilgan.

“Jorjio Armanining o‘limi uning nomi Italiya va butun dunyo uchun qanday ulkan ma’no va qadriyatga ega ekanini yana bir bor ko‘rsatdi”, — dedi produser.

Film Armani’ning shaxsiy va professional evolyutsiyasini yoritib beradi. Uni XX va XXI asrlarning eng nufuzli dizaynerlaridan biri sifatida keng tan olishadi. Hozircha film Armani’ning shaxsiy hayotiga to‘xtaladimi yoki faqat uning podium va qizil gilamdagi faoliyatiga e’tibor qaratadimi — noma’lum. Shuningdek, Iervolino bu loyiha yuzasidan Armani oilasidan maslahat so‘raganmi-yo‘qmi, ham ma’lum emas.

Jorjo Armani italiyalik modelyer bo‘lib, uning uslubi — nafis, yengil, ammo hashamatli kundalik kiyimlar va nozik kashtali kechki liboslar orqali XX asr oxiri va XXI asr boshidagi modaga zamonaviy minimalizm va erkinlik olib kirgan.

Shu bilan birga, omma uning minimalistik uslubini tobora ko‘proq talab qila boshladi va ko‘plab Gollivud aktrisalarini “Oskar” marosimlarida Armani liboslarida ko‘rish odatiy holga aylandi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Keyt Middlton yana moda qirolichasiga aylandi

Uels malikasi Keyt Middlton Tatler jurnali talqiniga ko‘ra, yana Britaniyaning eng zamonaviy ayoli deb topildi. Shu tariqa u...

“O‘rgimchak odam: Yangi kun” ilk namoyishdayoq rekord o‘rnatdi

 Tom Holland bosh rolni ijro etgan “O‘rgimchak odam: Yangi kun” (“Spider-Man: Brand New Day”) filmi prokatni rekord natija...

AI filmlari ilk bor “Oskar” saralash festivaliga kiritildi

Hindistonda o‘tkaziladigan va “Oskar” mukofoti saralash festivallari qatoriga kiruvchi Bengaluru xalqaro qisqa metrajli filmlar festivali (BISFF) 16-mavsumi uchun...

Anjelina Joli va boshqa yulduzlarning ma’lumotlari internetga tarqalib ketdi

Kiberxavfsizlik mutaxassisi Jeremi Faulerning ma’lum qilishicha, Gollivudning bir qator mashhur yulduzlariga tegishli telefon raqamlari va elektron pochta manzillari...