Jessie Jey achchiq haqiqatni tan oldi: “Saraton kasalligidan hali butunlay forig‘ emasman”

Share post:

Jessie Jey ko‘krak bezi operatsiyasidan keyin kasallikdan butunlay qutulishga umid bildirgan postidan bir kun o‘tib, aslida hali saratondan butunlay forig‘ emasligini tasdiqladi.

37 yoshli qo‘shiqchi o‘tgan hafta oxirida jarrohlik amaliyotini boshdan o‘tkazgan edi. Juma kuni u avvalgi postida aytilgan gaplar noto‘g‘ri tushunilganini aytib, aslida hali barcha yomon hujayralar yo‘q bo‘lib ketmaganini, shunga qaramay yaxshi natijalar uchun doimo duo qilib turganini bildirdi.

Jessie Jey hozirda tahlil natijalarini kutayotganini va tiklanishga diqqat qaratish uchun bir hafta davomida ijtimoiy tarmoqlardan tanaffus qilishini ham ma’lum qildi.

Jessie Jey shunday deb tushuntirdi:

“Men ko‘krak bezi saratoni bo‘yicha operatsiyaning ijobiy va salbiy tomonlarini ro‘yxatini tuzib chiqib, birinchi ijobiy jihat sifatida “saraton butunlay ketdi” deb qo‘ydim. Bu faqat o‘zimni ruhlantirish uchun edi, bu fakt emas. Hali aniq natijalarim chiqqani yo‘q. ?bu emojini qo‘shganimda odamlar tushunadi deb o‘ylagandim, afsuski ko‘pchilik tushunmabdi.”

U yana shunday dedi:

“Bu juda g‘alati vaziyat. Aniqroq tushuntirmaganim bu mening aybim. Ammo hozircha, operatsiyadan atigi 6 kun o‘tgan bo‘lishiga qaramasdan hali hech qanday yakuniy natija yo‘q. Tez orada bu so‘zlarim rost bo‘lishini chin dildan istayman, lekin afsuski saraton bilan kurashish oson emas.”

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

“O‘rgimchak odam: Yangi kun” 355 mln dollar yig‘di

Sony va Marvel studiyalarining “O‘rgimchak odam: Yangi kun” filmi ilk dam olish kunidayoq AQSh kinoteatrlarida 355 million dollar...

Keyt Middlton yana moda qirolichasiga aylandi

Uels malikasi Keyt Middlton Tatler jurnali talqiniga ko‘ra, yana Britaniyaning eng zamonaviy ayoli deb topildi. Shu tariqa u...

“O‘rgimchak odam: Yangi kun” ilk namoyishdayoq rekord o‘rnatdi

 Tom Holland bosh rolni ijro etgan “O‘rgimchak odam: Yangi kun” (“Spider-Man: Brand New Day”) filmi prokatni rekord natija...

AI filmlari ilk bor “Oskar” saralash festivaliga kiritildi

Hindistonda o‘tkaziladigan va “Oskar” mukofoti saralash festivallari qatoriga kiruvchi Bengaluru xalqaro qisqa metrajli filmlar festivali (BISFF) 16-mavsumi uchun...