Dua Lipadan “Isroil” qarori

Share post:

Isroilning Gʻazzoga qaratilgan hujumlari davom etar ekan, sanʼat olami Isroilning ocharchilikka ham sabab bo‘lgan qamaliqqa qarshi noroziligini davom ettirmoqda.

 Uzoq vaqtdan beri Falastinning ochiqchasiga tarafdori bo‘lgan, asli albaniyalik ingliz qo‘shiqchisi Dua Lipa, Isroilni qo‘llab-quvvatlagani uchun menejeri Devid Levi bilan yo‘llarini ayirgan edi.

Ingliz matbuotida chiqqan xabarga ko‘ra, menejer Devid Levi “Glastonbury” festivalining asoschisiga xabaryuborgan. Xat mazmuni Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi irlandiyalik rap guruhi “Kneecap”ning festivalda sahna olmasligiga qaratilgan edi. Yozgan xabari oshkor qilingandan keyin Dua Lipa menejeri bilan yo‘llarini ayirgan edi.

Dua Lipaga yaqin manbaning Daily Mail’ga aytishicha: “Dua Falastin tarafdori. Bu holat Devid bilan mos kelmaydi. U uni falastinliklarga nisbatan dahshatli munosabatni qo‘llab-quvvatlovchi sifatida ko‘radi va bu, uning yuborgan xabarida juda ochiq-oydin tarzda ko‘rsatib qo‘yilgan”, dedi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Maksim Kaliningraddagi konsertini yana bekor qildi

Xonanda Maksim Kaliningraddagi konserti yana bekor qilinganini ma’lum qildi. Dastlab 2-avgustga rejalashtirilgan chiqish 28-sentyabrga ko‘chirilgan edi, biroq belgilangan...

“O‘rgimchak odam: Yangi kun” filmiga qo‘shimcha sahnalar kiritilishi mumkin

“O‘rgimchak odam: Yangi kun” filmi qo‘shimcha sahnalar bilan kinoteatrlarda qayta namoyish etilishi mumkin. Bu haqda Deadline nashri manbalariga...

Penelopa Kruz va Glenn Klouz ishtirokidagi “Qora shar” filmi treyleri chiqdi

Netflix Penelopa Kruz va Glenn Klouz ishtirokidagi “Qora shar” filmining ilk treylerini namoyish etdi. Film 16-oktabr kuni striming...

“Qasoskorlar: Intiho” qayta namoyishda rekord natija ko‘rsatdi

Disney va Marvel Studios tomonidan qayta namoyish etilgan “Qasoskorlar: Intiho” filmi jahon prokatida $86 million daromad olib, qayta...