
Iqlim faoli sifatida tanilgan, hozir esa G‘azo uchun namoyishlarda qatnashayotgan Greta Tunberg yaqinda yosh bir fotosuratchi bilan ishqiy munosabat o‘rnatdi. U oxirgi namoyishlarida deyarli doim Greta bilan birga ko‘rinmoqda.
22 yoshli, uzun sochli Kris Kebbon yaqin kunlarda Isroil hukumati tomonidan hibsga olinib, deportatsiya qilingan Gretani Stokgolm aeroportida iliq quchoqlab kutib oldi.
Fotosuratchi va videobloger Kris so‘nggi 18 oy davomida Greta bilan birga ko‘plab sayohatlar va namoyishlarda unga hamrohlik qilgan. U yaqinda Sitsiliyaning Kataniya shahri yaqinidagi dengizda Greta va boshqalar bilan birga cho‘milayotgan paytda suratga tushgan.